Egamberdi Ollomurod oʻgʻli (1895 — hozirgi Xatirchi tumani Yonbosh qishloqi — 1970) — oʻzbek xalq dostonchisi; dehqonbaxshi oilasida tugʻilgan. Otasi Ollomurod baxshidan dostonchilik yoʻllarini oʻrgangan. Uning vafotidan keyin 22 yoshidan boshlab xalq orasida dostonchilik qila boshlagan. Oʻz qishlogʻida muqim yashagan Egamberdi Ollomurod oʻgʻlidan „Alpomish“, „Kuntugʻmish“, „Goʻroʻgʻlining tugʻilishi“, „Avazxon“ kabi dostonlar yozib olingan. Bu dostonlar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik va adabiyot intini folklor arxivida saqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • Mirzayev T., „Alpomish“ dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968.