Egilish
Egilish — tashqi kuchlar taʼsirida yoki temperatura oʻzgarishi tufayli materiallar yoki buyumlar (balka, toʻsin, xari, qobiq va boshqalar) ning oʻqi yoki oʻrta sirti egrilanishi; deformatsiya turi. Materiallar qarshiligi fani nuqgai nazaridan binokorliqda toʻsin va plitalar, mashinasozlikda val va shesternya tishlari, temir yoʻl vagonlarining oʻqlari ham balka deb qaraladi. Balkalar tashqi kuchlar taʼsirida egiladi (rasm, 1). Agar tashqi quchlar balkaning simmetriya tekisliklari boʻyicha taʼsir etsa, oddiy yoki tekis egilish deb, kuchlar boshqa tekisliklar boʻyicha yoʻnalsa, murakkab egilish deb ataladi. Balka egilganida choʻziluvchi qatlam tolalari oʻzgarishsiz qoladi. Binobarin, neytral qatlamdan pastda choʻzilish, yuqorida siqilish kuchlanishlari vujudga keladi; neytral qatlamning oʻzida quchlanishlar nolga teng boʻladi (rasm, 2). Rasmdan koʻrinib turibdiki, normal kuchlanishlar o ning qiymati neytral oʻqda nolga teng boʻlib, undan uzoqlashgan sari orta boradi. Demak normal kuchlanishlarning eng katta qiymatlari balka koʻndalang kesimining neytral oʻqsan eng uzoqda joylashgan tolalarida hosil boʻladi. Qoʻshtavr shaklidagi kesimlar shu sababdan kelib chiqqan.
Murakkab egilishning xususiy holi hisoblangan qiyshiq egilish ham mavjud. Egiladigan element (masalan, balka) ning koʻndalang kesimidagi taʼsir etuvchi kuchlarga qarab, sof (faqat eguvchi momentlar boʻlganda) va koʻndalang (koʻndalang kuchlar ham boʻlganda) Elar farqlanadi. Muhandislik hisoblarida boʻylamakoʻndalang egilishlar ham hisobga olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu boʻlmaydi sen undan koʻra boshqa yoʻlini top. Meni tushinding degan umiddaman..