Eileen Betsy Tranmer (1910-yil 5-may — 1983-yil 26-sentabr) — ingliz musiqachisi va ayol shaxmatchi. U xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM, 1950) unvoniga ega. Betsy shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Britaniya chempionatining toʻrt karra gʻolibi (1947, 1949, 1953, 1961) hisoblanadi.

Eileen Tranmer
Toʻliq ismi Eileen Betsy Tranmer
Mamlakat Angliya bayrogʻi Angliya
Tugʻilishi 5-may 1910-yil
Scarborough, Angliya
Vafoti 26-sentyabr 1983-yil(1983-09-26)
(73 yoshda)
Ticehurst, Angliya
Saravha ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Hayoti

tahrir

1940-yillarning oxiridan 1960-yillarning boshigacha u Angliyaning yetakchi ayol shaxmatchilaridan biri edi. Eileen Betsy Tranmer toʻrt marta Britaniya ayollar shaxmat chempionatida gʻolib boʻlgan, jumladan 1947, 1949, 1953 va 1961-yillar.[1] 1950-yilda Eileen Betsy Tranmer Moskvada boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, 5-7-oʻrinlarni egalladi.[2] 1952-yilda u Moskvada boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga nomzodlar turnirida qatnashdi va 7-oʻrinni zabt etdi.[3] 1950-yilda Eileen Betsy Tranmer FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

1946-yil 20-iyunda Tranmer rus ayol shaxmatchisi Valentina Byelovaga qarshi „radio shaxmat“ oʻyinini oʻtkazdi va bu oʻyinda u magʻlubiyatga uchradi. Tranmer toʻrt kunlik radio shaxmat turnirida oʻynagan oʻn ikki aʼzodan iborat Britaniya jamoasi safida boʻlgan ikki ayoldan biri edi. Bu musobaqada Britaniya jamoasi Londonda, Sovet Ittifoqi jamoasi esa Moskvada shahrida turib oʻyinlarni olib borgan edi.[4][5]

Eileen Betsy Tranmer Ayollar shaxmat olimpiadasida Angliya terma jamoasi safida oʻynadi:[6]

  • 1957-yilda Emmen shahridagi 1-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtada oʻyinadi (+3, =8, −3).

Shaxmatdan tashqari qiziqishlari

tahrir

Shaxmat turnirlarida qatnashishdan tashqari, Eileen Betsy Tranmer taniqli klarnetchi edi. 1940-yil mart oyida u Shotlandiya orkestri bilan kontsert berdi. 1950-yildan u Sadler’s Wells orkestri va britaniyalik klarnetchi Thea King bilan birga faoliyatini olib borgan.[7]

Manbalar

tahrir
  1. „John Saunders's Chess Pages: British Chess Champions, 1904 to present“. www.saund.co.uk.
  2. „1949-50 Title Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
  3. „1952 Candidates Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
  4. „Radio Chess“. The Yorkshire Post (5-iyun 1946-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  5. „Russians Praise Our Chess Players“. Courier and Advertiser (21-iyun 1946-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  6. Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Eileen Betsy Tranmer“. www.olimpbase.org.
  7. Emerson. „Obituary: Dame Thea King“. The Guardian (1-iyul 2007-yil).