Ekonomayzer
Ekonomayzer (ing. saqlash) — 1) bugʻ qozoniga beriladigan sovuq suvni qozondan chiqib ketayotgan gazlar issiqligi bilan oldindan isitib beradigan issiqlik almashgich qurilma. Suv qaynaydigan va qaynamaydigan turlarga boʻlinadi. Pastroq (2,5 MPa gacha) bosimga moʻljallangan ekonomayzer choʻyandan qovurgʻali qilib yasaladi, undan yuqori bosimga moʻljallangani esa poʻlat trubalardan toʻgʻri qilib tayyorlanadi; 2) ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi moslama. Drosselli qopqoq (zaslonka) toʻliq ochilganda yoki uning shunga yaqin vaziyatida yonuvchi aralashmani boyitish (yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilgʻi havo nisbatini oʻzgartirish, yaʼni yonilgʻini koʻproq, havoni kamroq kiritish) uchun xizmat qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |