Ekspozitsiya (lotincha: — koʻrsatish, bayon etish) — badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va boshqalarni koʻrgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda maʼlum tizimda joylashtirilishi. Doimiy va davriy ekspozitsiyaning maqsadi barcha eksponatlarni ularning badiiy va ilmiy qiymati, tarixiy badiiy jarayondagi oʻrni, materiallarning ahamiyatini mukammal yoritib berishdir. Ekspozitsiya erkin yoki tomoshabinlarning tanishish yoʻnalishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Zamonaviy sharoitda ekspozitsiya eksponatlarni saqlash qoidalariga javob beradigan maxsus uskunalar, eksponatning qisqacha xarakteristikasi hamda ekspozitsiya xususiyatlari, asarlari bayon qilingan ixcham matnlar bilan taʼminlanadi.

Ekspozitsiya