Ekspozitsiya (joylashuv)
Ekspozitsiya, yonbagʻir ekspozitsiyasi — yon bagʻirlarning dunyo tomonlariga, binobarin, Quyosh va shamollarga nisbatan joylashganligi. Togʻ landshaftlarining turlicha boʻlishiga Ekspozitsiyaning bir-biridan farq qilishi sababdir. Yon bagʻirlarning qaysi tomonga qaraganligiga qarab ularning iqlimi, oʻsimlik, tuproq va hayvonot dunyosi ham har xil boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |