Ekspromt (lotincha: — tayyor, tez) — maxsus tayyorgarliksiz, hozirjavoblik bilan yaratilgan asar, improvizatsiya. Doston, terma, sheʼr, askiya, soʻz oʻyini, lapar, yor-yor, qoʻshiq va boshqalar koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. XVIII asrda Fransiyada, XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Rossiyada (N.Karamzin, A. Pushkin, M. Lermontov va boshqalar ijodida) keng tarqalgan. V. Mayakovskiy, M. Svetlov, Gʻ.Gʻulom, shuningdek, oʻzbek baxshilari, askiyachilari uchun xarakterli. Musiqada — badihagoʻylik tarzida (asosan, fortepiano uchun) yaratilgan cholgʻu pyesa. Mustaqil janr sifatida XIX asr boshida romantik kompozitorlar ijodida yuzaga kelgan (Ya. Vorjishek, G. Marshner). F. Shubert, F. Shopen, F. List E.ning mumtoz namunalarini yaratishgan. Ekspromt turli (sonata, murakkab 3 qismli, variatsiya va boshqalar) shaklda boʻlishi mumkin.