Ekstrazonal oʻsimliklar
Ekstrazonal oʻsimliklar (lot — oʻta va yun. — mintaqa) — oʻzi hosil qilgan oʻsimlik mintaqasidan, yaʼni oʻzining asosiy arealidan tashqarida joylashgan tabiiy oʻsimliklar. Ekstrazonal oʻsimliklar oʻzi uchun ekologik jihatdan eng qulay boʻlgan hududlarda alohida orollar holida uchraydi. Ekstrazonal oʻsimliklarga choʻl zonasida alohida orollar hosil qiladigan eman oʻrmonlari, jan. tayga mintaqasidagi keng bargli oʻrmonlar, choʻl mintaqasidagi oʻtloqlar kiradi. Baʼzan ekstrazonal oʻsimliklar areali qisqarib borayotgan mintaqaviy relekt hisoblanadi (masalan, tundra mintaqasidagi oʻrmon orollari).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |