Ektogenez
Ektogenez (ekto... va ...genez) 1) biologiyada mexanistik yoʻnalish. Ektogenez tarafdorlari organizmlar rivojlanishini faqat tashqi sharoitning taʼsiri bilan tushuntirishga urinishadi. Ularning fikricha, tashqi muhit sharoiti taʼsirining samarasi nasldan naslga ortib boradi va evolyutsion jarayonning muayyan yoʻnalishda borishini belgilab beradi. Ektogenez oqimi tarafdorlari tabiatdagi qandaydir oldindan belgilab qoʻyilgan maqsadga muvofiqlikni tan olishadi. Mexanolamarkizm — asosiy ektogenetik yoʻnalish hisoblanadi. 2) embrionning sunʼiy oziq muhitida (organizmdan tashqarida) rivojlanishi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |