Ekvivalent
Ekvivalent (lotincha — teng va — qimmatli, ahamiyatli) — biror narsaning oʻrnini bosa oladigan yoki uning ifodasi boʻlib xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli narsa yoki miqdor. Ekvivalent, ayniqsa, tovarlarni qiyoslash va ularni bir-biriga ayirboshlash muhim. Shu maqsadlar uchun tovar ekvivalentlari, yaʼni boshqalariga teng qiymatli, boyliklarni qiyoslash etaloni boʻlib xizmat qiladigan tovarlar qoʻllanadi. Jami tovarlar qiyoslanadigan umumiy tovar ekvivalenti pul hisoblanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |