Elastik tog‘ay quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog‘aylarda), hiqildoq usti tog‘ayida uchraydi. Ular sarg‘ish rangli, xira bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog‘ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega boʻlib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi. Elastik tog‘ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog‘aydan farqli ravishda yog'va glikogen kam to‘planadi. Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to‘rni hosil qiluvchi elastik tolalarni koʻrish mumkin. Bu elastik tolalar togʻay ust pardasiga o‘tibketadi. Elastik togʻayda ohaklanish kuzatilmaydi.

[1]

  1. Gistalogiya. Ibn Sino — 203-bet. Qaraldi: 12-dekabr 2022-yil.  (Wayback Machine saytida 2022-07-09 sanasida arxivlangan)