Elbayon bekatiSurxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shaharcha. Tuman markazi (Shoʻrchi shahri)dan 5 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Shoʻrchi (3 km). Aholisi 4,9 ming kishi (2003). Xoʻjaliklari va aholisi Qumqoʻrgʻon kanalidan suv oladi. Umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, madaniyat uyi, klub muassasasi, kutubxona, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.