Aleksey Konstantinovich Uzenyuk (1994-yil 9-iyul, Chaykovskiy, Novosibirsk), Eldjey taxallusi bilan mashhur boʻlgan rossiyalik reper[1][2][3][4].

Eldjey
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 9-iyul 1994-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi musiqachi, reper
Leybl „Company Pirates“,
"Universal Music Russia",
„VK Beats Records“
Turmush oʻrtogʻi Nastya Ivleeva
Janr hip hop, rep
Faoliyat yillari 2013-hozigacha
Veb-sayt https://sayonaratour.ru/

Hayoti

tahrir

Aleksey 1994-yil 9-iyulda Novosibirskda tugʻilgan. Otasi – Konstantin Semyonovich Uzenyuk – tadbirkor, „Biznes-Metall“ MCHJ bosh direktori. Alekseyning Danil ismli akasi bor.

U oʻz faoliyatini bir nechta yakkaxon hip-hop albomlarini yozish bilan boshlagan[5]. Reperning debyut yakkaxon ishi 2014-yilda chiqarilgan „Boshki dimyat“ albomi boʻlgan[6]. 2016-yilda Eldjeyning „Katakomba“ nomli ikkinchi albomi chiqdi.

2017-yil boshlariga kelib, Eldjeyning tashqi koʻrinishi oʻzgardi va reperning yangi uslubi Zef va Die Antwoord uslublariga yaqinlashdi[7]. 2016-yil oktyabr oyida TNT Music kanaliga bergan intervyusida Eldjey uning musiqadagi oʻzgarishlariga nima taʼsir qilganini aytdi[8]. 2016-yil 15-sentyabrda iTunesda ijrochi Kravs bilan birgalikda birinchi „Diskonnekt“ singli taqdim etildi. 2016-yil 7-oktyabrda Sayonara Boy[9] albomi chiqdi, u Apple Music va iTunes rus chartida muvaffaqiyatli debyut qildi va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladi.

2017-yil 22-iyunda oʻzining yangi Sayonara Boy ろ[10] albomini faqat VKontakte ijtimoiy tarmogʻi uchun chiqardi. Apple Music va iTunesda albom 2017-yil 24-iyunda paydo boʻldi. Albomning birinchi singli 2017-yil 1-yanvarda chiqarilgan „FckuDJ“ treki edi. Ikkinchi singl 2017-yil 13-iyunda chiqarilgan „Rvanie djinsi“ treki boʻldi: bir necha kun ichida trek „VKontakte“ ning eng mashhur trekiga aylandi va birinchi oʻrinni egalladi. Shunday qilib, 2017-yil oxiriga kelib, Eldjeyning oltita studiya albomi bor edi, ularning oxirgisi Sayonara Boy ろ boʻlgan[11].

Rozovoye vino

tahrir

2017-yil 5-avgustda Eldjey moskvalik rep-ijrochisi Feduk bilan birgalikda „Rozovoye vino“ yangi singlini chiqardi. Trek bir necha kun ichida iTunes va Apple Music-da yetakchi oʻrinlarni egalladi, shuningdek, „VKontakte“ning eng mashhur qoʻshigʻiga aylandi[12]. Oʻsha paytda Eldjey butun Rossiyada mashhurlikka erishdi, chunki „Rozovoye vino“ yilning asosiy rus tilidagi xitlaridan biriga aylandi[13].

VKontakte ijtimoiy tarmogʻi maʼlumotlariga koʻra, yil davomida qoʻshiq 200 million martadan ortiq tinglangan[14].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2018-yilda Eldjey videobloger va teleboshlovchi Nastya Ivleyeva (1991-yil 8-martda tugʻilgan) bilan uchrashishni boshladi[15]. 2019-yil 5-sentyabrda ular turmush qurishdi[16]. 2021-yil 9-iyulda juftlik ajralishganlari haqida eʼlon qilishdi[17].

Videografiyasi

tahrir
God Nazvanie Drugoy ispolnitel Albom Rejissyor
2015   Nelegal YouTubeda Boshki dimyatsya Vlad Kozlov
2016   Zaletayu domoy YouTubeda Aleksey Rojkov
2017   Diskonnekt YouTubeda Kravs Sayonara Boy KOSMODROME
  Rvaniye djinsi YouTubeda Sayonara Boy ろ Daniel Kim
  Rozovoye vino YouTubeda Feduk Alina Pyazok
  Densim YouTubeda Chyornoe kino Arche Versace
2018   Hey, Guys YouTubeda Aysultan Seitov
  Minimal YouTubeda Sayonara Boy X Maks Shishkin
  Suzuki YouTubeda Medet Shayaxmetov
  360° YouTubeda Max Shishkin
  Gosti iz budushego YouTubeda Chyornoe kino Arche Versace
  Aqua YouTubeda Sorta This ls Sorta Max Shishkin
  1love YouTubeda
2019   California YouTubeda Sayonara Boy 143
  Sayonara Детка YouTubeda Era Istrefi Medet Shayakhmetov
2020   UFO YouTubeda Don Diablo Feliks Umarov
  Cadillac YouTubeda Morgenshtern Yan Boxanovich, Roma Nexoda
  Lollipop YouTubeda Devid Binsen

(inglizcha: David Bintsene)

  Lamborghini Countach YouTubeda Yan Boxanovich
2021   Wunder King YouTubeda Gex
  18+ YouTubeda Sorry Jesus Baby Bunt Gosha Gap i Pavel Matusya
  Dom perinon YouTubeda Poshlaya Molli Nikita Kvasnikov
  URUS YouTubeda Rakhim Aytore Joldaskali
2022   Meow YouTubeda Kontra K
  Location YouTubeda Morgenshtern Last One Aleksey Romanov
2023   Harakiri YouTubeda Sayonara Bol Max Shishkin
  Ne Prada YouTubeda Morgenshtern, Arut Nikita Vilchinskiy

Manbalar

tahrir
  1. „Элджей и Федук «Розовое вино»: вышел клип на главный хит лета“. Афиша Daily. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  2. „Как Элджей заблокировал, а потом разблокировал клип на песню «Розовое вино» с Федуком“. Афиша Daily. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  3. „Элджей выпустил новый сингл и объявил об открытии своего лейбла“. rap.ru. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  4. Ника Пикекатлет.. „Ивлееву, Элджея и Поперечного пригласили для озвучки Cyberpunk 2077“ (ru). gazeta.ru (2020-yil 10-dekabr). 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  5. „Элджей и Федук «Розовое вино»: вышел клип на главный хит лета“. Афиша Daily. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  6. „Элджей & Feduk - Карточка исполнителя“. europaplus.ru. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  7. „Элджей — покоритель Айтюнса“. MTV. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  8. Intervyu Eldjeya v programme FunBox – TNT Music
  9. Allj – „Sayonara Boy“ (Wayback Machine saytida 2020-01-28 sanasida arxivlangan) – Trap. Ru
  10. Patsanskiy dens v novom albome Eldjeya „Sayonara Boy 3“ (Wayback Machine saytida 2023-06-01 sanasida arxivlangan) – The Flow
  11. „Элджей & Feduk - Карточка исполнителя“. europaplus.ru. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  12. VKontakte nazvala samie populyarnie pesni uxodyaщego goda (Wayback Machine saytida 2018-06-30 sanasida arxivlangan) – Esquire
  13. „«В магазине Gucci тает розовое вино»: Гид по русскоязычным хитам 2017 года“. The Village. 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  14. „«ВКонтакте» назвала самые популярные песни уходящего года“. Esquire. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-yanvar.
  15. „Настя Ивлеева объявила об отношениях с известным рэпером - 7Дней.ру“ (ru). 7Дней.ру. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  16. „Рэпер Элджей женился на ведущей «Орла и решки» Ивлеевой — Российская газета“. 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  17. Antonovskaya, Anastasiya „«Это похоже на любовь сестры и брата»: Ивлеева впервые рассказала о причинах развода с Элджеем | WDAY“ (RU). www.wday.ru. 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.