Eleanor Elizabeth Bourne (1878-yil 4-dekabr – 1957-yil 23-may) – avstraliyalik shifokor. U tibbiyot sohasida oʻqigan birinchi Queensland ayoli. Birinchi jahon urushi davrida koʻngilli boʻlib urushda qatnashgan avstraliyalik 15 nafar shifokor ayollardan biri[1].

Eleanor Elizabeth Bourne
Tavalludi 4-dekabr 1878-yil
Janubiy Brisbane, Queensland
Vafoti 23-may 1957-yil(1957-05-23)
(78 yoshda)
Nundah, Queensland
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi Shifokor
Faoliyat yillari 1916—1918
Unvoni Mayor

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Bourne Avstraliyaning Queensland shtati, janubiy Brisbaneda tugʻilgan. Otasi John Sumner Pears Bourne yer komissiyasi sudining raisi boʻlgan, onasining ismi Jane Elizabeth[2]. Eleanor Bourne boshlangich maktabni aʼlo baholarga bitiradi, 1891-yilgi shtat imtihonida birinchi oʻrinni egallaydi. 1892-yilda Brisbanedagi grammatikaga moʻljallangan qizlar maxsus maktabiga oʻqishga kiradi. Bu yerdan tibbiyotga oid kitoblarni topa olmagani uchun, shifokor boʻlish niyatida Brisbanedagi boshqa oʻgʻil bolalarga moʻljallangan grammatika maktabiga oʻqishga kiradi. 1896-yilda oʻrta taʼlimni tugatib, oliy maʼlumotnoma olish uchun ariza topshiradi. 1896-yilda Sidney universitatida tibbiyot yoʻnalishida oʻqib, Queenslandning birinchi ayol shifokori boʻlishga erishadi. 1903-yil 6-iyulda tibbiy bakalavr va jarrohlik magistri darajalarida oʻqishni tamomlaydi. Oʻqish davrida tif kasaliga chalinib yotib qolganiga qaramay toʻrtta maʼlumotnomani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[1].

Karyerasi

tahrir
 
Eleanor Elizabeth Born qoʻlyozmasi. Uning 1916-yilda Endell Street harbiy gospitalida boʻlgan vaqtini tavsiflovchi shaxsiy hujjatlari.

1903-yildan Bourne Sidney ayollar kasalxonasida rezident tibbiy xodim sifatida faoliyat boshlaydi. 1907-yilda umumiy shifokor boʻlishdan avval Brisbenedagi bolalar shifoxonasida ishlagan. 1911-yilda xalq taʼlimi boʻlimida ishlaydi va Queensland boʻylab sayohat qilib bolalarni davolaydi. Departament bilan kelishmovchiliklar va ogʻir ish sababli u ish joyini oʻzgartirishga qaror qiladi hamda 1916-yilda Londondagi Qirollik armiyasi tibbiyot korpusiga tibbiy leytenat boʻlib qoʻshiladi. U oʻqigan Endell Street nomidagi London harbiy gospitali doktor Flora Myurrey va Luiza Garrett Anderson tomonidan tashkil qilingan va faqat ayollardan iborat[1][2]. 1917-yilda Bourne mayor unvonini olgan hamda Qirolicha Mary armiyasining qoʻshimcha korpusiga tibbiy nazoratchi sifatida hizmat qilgan. 1920-yilda Sogʻliqni saqlash boʻyicha hizmatlari uchun diplom olgan, keyinchalik faoliyatini Britaniyada davom ettirgan. 1937-yilgacha Carlisle shahrida shifokor yordamchisi hamda bolalar va onalar sogʻligiga maʼsul shaxs sifatida ishlagan. Nafaqaga chiqqandan soʻng yana Queenslandga qaytgan[2].

Vafoti

tahrir

Bourne 1957-yil 23-mayda Nundax xususiy shifoxonasida vafot etgan. Janubiy Brisbane qabristoniga dafn etilgan. U turmush qurmagan. Cook shahrining Canberra chakkasidagi Bourne koʻchasi uning nomiga atalgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Hamilton, Robyn „ELEANOR ELIZABETH BOURNE: A FEMALE DOCTOR'S EXPERIENCE IN WARTIME“. Queensland's World War 1 Centenary blog. State Library of Queensland (2015-yil 3-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bell, Jacqueline „Eleanor Elizabeth Bourne (1878–1957)“, . Bourne, Eleanor Elizabeth (1878–1957). Canberra: National Centre of Biography, Australian National University. 
  3. „Australian Capital Territory National Memorials Ordinance 1928-1972“. Australian Government Gazette. Periodic (National: 1974–1977) (1976-yil 13-aprel), s. 1. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.