Elektr musiqa cholgʻulari, elektroakustik musiqa cholgʻulari — XX asrda rivoj topgan musiqa cholgulari turi. Ulardagi tor, tilcha va boshqalar vositalarning mexanik tebranishlari adapter yordamida elektr tebranishlarga aylantirilib, maxsus elektr qurilmalar orqali kuchaytiriladi. Elektr musiqa cholgʻularich.ni yaratish dastlabki tajribalari XIX asr 2-yarmida yuz bergan (Gelmgoltssht elektr kamertonk, elektrlashtirilgan fortepiano). 1930-yillarda turli — elektrlashtirilgan (adapter oʻrnatilgan) gitara, skripka, violonchel, saksofon va boshqalar yaratilgan. Ayniqsa, quyuq va yorqin, ayni paytda shirador, joʻshqin va titroq tovushga ega, rok musiqa, popmusiqat asosiy oʻrin egallagan elektr (solo, ritm, bas) gitaralar keng ommalashgan. Uzbekistonda tanbur, qonun, soz va boshqalarning elektr turlari qoʻllanilmoqda.