Elektrolitlar
Elektrolitlar (elektro... va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasiga koʻra kuchli Elektrolitlar (a birga yaqin) va kuchsiz Elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab Elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida Elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr to'kini o'tkazsa elektrolitlar hisoblanadi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |