Elektromagnit maydonelektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.

Ikkita maydon ulangan (elektr maydoni (ko'k) va magnit maydon (qizil) vektorlari)

Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.

Elektromagnit maydon - maishiy elektr texnikalari, radio, uyali telefon, GPS navigator qurilmalari, yuqori elektr kuchlanish tarmoqlari, transformatorlar, uyali aloqa stansiyalari, simsiz Internet tarmog‘i va boshqa manbalar asosida yuzaga keladi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh orqali signal qabul qiluvchi antennalar ham elektromagnit maydon hosil qiluvchi manbalar ro‘yxati tarkibiga kiritiladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda bu sistema elektromagnit maydoni organizmda immun sistemasi funksiyasi buzilishiga olib kelishi, xotira buzilishi, ko‘payish organlari funksiyasi buzilishga olib kelishi mumkinligi tasdiqlangan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, uyali telefon aloqa stansiyalari antennalari, radioaloqa antennalari, maishiy turmushda ishlatiluvchi elektr qurilmalar va asbob-uskunalar hosil qiluvchi elektromagnit nurlanish odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. Elektromagnit nurlanish qiymati 900 - 1800 MGsni tashkil qiluvchi uyali telefon operator stansiyasi antennalari uchun ruxsat etilgan normativ qiymatlar turli xil davlatlarda o ‘zaro farqlanadi. Masalan, bu qiymat AQSH da 100 mkV/sm2 ni tashkil qilsa, Rossiya miqyosida 10 mkV/sm2, Ukrainada esa - 2,5 mkVt/sm2 belgilangan.

Yana q.

tahrir