Elektronlar difraksiyasi
Elektronlar difraksiyasi— elektronlarning kristallarda yoki suyuqlik va gaz molekulalarida elastik sochilishidir. Bunda elektronlarning birlamchi dastasidan maʼlum burchaklarga ogʻdirilgan qoʻshimcha dastalar hosil boʻladi. Bunday dastalarning boshlangʻich yoʻnalishdan ogʻish burchaklari va intensivligi sochuvchi moddaning strukturasiga bogʻliq. 1927-yilda Amerikalik fiziklar K.Devisson va L.Jermer kristall plastinkada sochilayotgan elektronlarning difraksiyalanishini tajribada kuzatib,kashf etilganlar. Bu bilan Lui de Broylning zarralarning toʻlqin xossalari haqidagi gipotezasi eksperimental tasdiqlandi. Elektronlar difraksiyasi elementar zarralar,xususan,elektronlar oqimi ham yorugʻlik kabi toʻlqin tabiatga ega ekanligini isbotlaydi. Elektronlar difraksiyasi elektronogramma jism tuzilishini oʻrganishda qulay usul hisoblanadi. Plastinkaning yupqa sirt qatlamida roʻy beradigan oksidlanish, kristallanish, toblanish jarayonlari, polimerlarning tuzilishi va boshqalar shu usul bilan aniqlanadi. Neytronlar difraksiyasi yordamida qattiq jismlarning kristall tuzilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, jismlarning magnit xususiyatlarini oʻrganishi mumkin. Monoxromatik neytronlar olishda, neytronlar spektrografiyasida va jism tuzilishini oʻrganishda neytronlar difraksiyasi tatbiq qilinadi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |