Elektronografiya (elektron va...grafiya) — moddalar strukturasini elektron asboblar yordamida oʻrganish usuli. Tekshiriladigan namunaning tezlatilgan elektronlarni sochishini oʻrganishga asoslangan. Kristallar, amorf jismlar va suyukliklarning atom strukturasini, gaz va bugʻlardagi molekulalarni oʻrganishda qoʻllanadi. Elektronlar difraksiyasi (zarralar difraksiyasi) E.ning fizik asosi hisoblanadi; toʻlqin xossasiga ega boʻlgan elektronlar moddadan oʻtayotganda atomlar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, natijada alohida difraksiyalanadigan dastalar hosil boʻladi. Bu dastalarning intensivligi va fazoda taqsimlanishi namunaning atom strukturasi, oʻlchamlari va boshqalarga qatʼiy mos keladi. Elektronlarning moddada tarqalishi atomlarning elektrostatik potensiadlari bilan aniqlanadi. Elektronografik tekshirish uchun maxsus asboblar — elektronograf va elektron mikroskoplarda bajariladi.

E. metallokristallistik holda boʻlgan koʻpgina moddalarning atom strukturalarini, texnikaning turli sohalarida foydalaniladigan yupqa kristallik parda strukturasining takomillashish darajasini oʻrganishga imkon beradi.