Elektronoptik aberratsiyalar — elektronoptik tizim (mas, elektron linzalar)ning risoladagidek (ideal) emasligi va boshqalar omillar tufayli tasvirning buzilishi (aniq chiqmasligi, asliga toʻliq mos kelmasligi yoki chaplashib koʻrinishi) (qarang Aberratsiya). Elektronoptik qurilmalarda tizimning optik oʻqiga nisbatan simmetrik tarzda aylanadigan elektr va magnit maydonlar keng qoʻllanadi. Shunday maydonlarga ega boʻlgan elektron linzalar (EL) va elektron koʻzgular (EK) simmetrik oʻqli sistemalar deb ataladi. Agar zaryadlangan zarralar maydonning simmetriya oʻqiga ancha yaqin harakatlansa va ularning boshlangʻich tezliklari bir-biridan uncha farq qilmasa, bunday linza va koʻzgular toʻgʻri elektronoptik tasvirlarni hosil qiladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, tasvir ancha buzilib chiqadi. Tasvirning buzilib chiqishiga boshqa sabablar ham bor. EL va EK sifat jihatidan yorugʻlik optik tizimlardan ancha past hisoblanadi. EL va EK larda elektron zarralar dastalari va ularning oʻzaro joylashuv tartibi buzilishi mumkin, bunday buzilishlar geometrik aberratsiyalar (sferik aberratsiya, koma, astigmatizm, tasvir maydonining egriligi, distorsiya) deb ataladi. EL va EK larni energiya bilan taʼminlash manbalari va yuqori kuchlanishli manbalarning nobarqarorligi dam Elektronoptik aberratsiyalara.ga sabab boʻladi, chunki fokuslovchi tok yoki kuchlanish oʻzgarishi mumkin. Bular xromatik aberratsiyani keltirib chiqaradi. Xromatik aberratsiyaningkattalashtirish va burish (faqat magnit linzalarda) xillari boʻladi. Bundan tashqari, difraksion aberratsiya (elektronlar, neytronlar, atomlar, molekulalar va boshqalar sochilishi) ham mavjud. Murakkab elektronoptik tizimlardagi aberratsiyani bartaraf qilish ancha qiyin masala boʻlib, buning uchun linzalarni muayyan tarzda uygʻunlashtirib tanlashga toʻgʻri keladi.