Elektroxod
Elektroxod — oʻziyurar kema. Oʻzidagi elektr st-yadan, akkumulyatorlar batareyalaridan yoki tashqi kontakt tarmogʻidan energiya olib ishlaydigan elektr dvigatellar bilan harakatga keladi. E. bosh elektr generatorini harakatga keltiruvchi dvigatellarning tipiga qarab, generatorlari turbinalar yordamida ishlaydigan turbinali (bugʻli yoki gazli) va generatorlari ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydigan dizelE.larga boʻlinadi. Akkumulyatorlar bilan ishlaydigan E.larga suv osti kemasi misol boʻla oladi. E., asosan, muzyorar, shatakchi kemalar, paromlar sifatida ishlatiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |