Elena Tairova (ruscha: Елена Таирова; belaruscha: Алена Таірава; 1991-yil 28-avgust tugʻilgan — 2010-yil 16-martda vafot etgan) — rossiyalik shaxmatchi. U 2006-yilda FIDEning ayol grossmeyster (WGM)[1] va 2007-yilda xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlari bilan taqdirlangan[2].

Faoliyati tahrir

Tairova 2001-yili 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida Belarus terma jamoasida oʻynab[3] va 2005-yili 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya sharafini himoya qilgan holda oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. U 2003-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida[5] va 2004-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, 2004-yilda Tairova 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[6].

2006-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi[7] va Rossiya ayollar chempionatining Superfinalida ikkinchi oʻrinni egalladi[8].

2007-yil may oyida Tairova Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi jamoaviy jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Rossiya jamoasi tarkibida beshinchi stolda oʻynadi[9]. 2007-yil iyul oyida u Bad Homburg vor der Höhedagi „Queens Woman Grandmasters“ turnirida Chjao Syue va Elisabeth Pähtzdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[10][11]. Oʻsha yili u Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi oʻyinda qatnashdi va Rossiya ayollar superfinalida Nadezhda Kosintseva va boshqalarni magʻlub etib, birinchi oʻrinni egalladi.

2010-yil 16-martda Tairova 18 yoshida surunkali nomaʼlum kasallikdan vafot etdi[12].

Manbalar tahrir

  1. „Titles Approved by FIDE Presidential Board, Al Ain 2006“. FIDE. 2006-04-24. Retrieved 7 October 2015
  2. „List of Titles Approved“. FIDE. 2007-06-25. Retrieved 7 October 2015
  3. „Jugend-Europameisterschaft U10 Mädchen“. chess-results.com.
  4. „World Youth Chess Championship 2005 G14 Belfort, France“. chess-results.com.
  5. „European Youth Championship Girls — U12“. chess-results.com.
  6. „World Youth Chess Championships 2004 Girls U14“. chess-results.com.
  7. Crowther. „TWIC 592: Russian Under-20 Championships“. The Week in Chess (2006-yil 13-mart). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  8. Crowther. „TWIC 632: Russian Women's Championship“. The Week in Chess (2006-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  9. „China wins Women's Team Championship by two points“. ChessBase (2007-yil 30-may). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  10. „Queenʼs Chess Internationales Damen-Großmeisterturnier“. chess-results.com.
  11. Crowther. „TWIC 665: Bad Homburg“. The Week in Chess (2007-yil 6-avgust). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  12. „IM/WGM Elena Tairova passes away at eighteen“. ChessBase (2010-yil 24-mart). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.

Havolalar tahrir