Elevator
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Elevator (lot. — koʻtaruvchi) — 1) yuklarni tik (vertikal) yoki qiya yoʻnalishda koʻtarish (yoki surish) uchun moʻljallangan uzluksiz harakatlanuvchi qurilma; konveyer. Choʻmichli, kurakli va kajavali turlari boʻladi. Choʻmichli elevator tik yoki qiya (60° dan katta burchakli) yoʻnalishlarda sochma yuklar (dondun va boshqalar)ni, kurakli va kajavali elevatorlar tik yoʻnalishda donabay yuklar (detallar, yukli qoplar, yashiklar va boshqalar) ni koʻtarish uchun moʻljallanadi. Choʻmichli elevator metallurgiya, mashinasozlik, kurakli va kajavali elevatorlar bazalar, magazinlar, omborxonalar va boshqalar joylarda ishlatiladi; 2) binolarni isitish tizimlarida markaziy issiqlik tarmogʻidan keladigan issiq suvni mahalliy isitish tizimidan qaytadigan sovigan suv bilan aralashtirib turadigan apparat; 3) koʻp miqdordagi donlarni tortish, tozalash, quritish, saqlash va meʼyoriy (konditsion) holatga yetkazish, ortishtushirish mexanizmlari bilan jihozlangan inshoot; mexanizatsiyalashgan don ombori. Vazifasiga koʻra, don qabul qiluvchi yoki tayyorlovchi elevator; ishlab chiqarish (korxona) elevatorlari, ortishtushirish va port elevatorlariga boʻlinadi. Zamonaviy yirik elevatorlar dasturli avtomatik boshqarish qurilmalari (kompyuterlar) va televideniye vositalari bilan taʼminlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |