Elizabeth Bennet
Elizabeth Bennet (talaffuzi: Elizabet Bennet) 1813-yilda yozilgan Jane Austen qalamiga mansub „Andisha va gʻurur“ romanining bosh qahramoni. Doʻstlari va oilasi uni koʻpincha Eliza yoki Lizzie deb atashadi. Elizabeth besh qizli oiladagi ikkinchi farzand. Vaqt va atrof-muhit sharoitlari uni iqtisodiy xavfsizlik uchun qulay nikoh izlashga undasa-da, Elizabeth sevib turmush qurishni xohlaydi.
Elizabeth Bennet | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Toʻliq ismi | Elizabeth, Mrs Darcy |
Jinsi | ayol |
Qarindoshlari |
|
Elizabeth Jane Austenning qahramonlari ichida eng hayratlanarli va eng yoqimtoyi sanaladi. U oʻzining murakkabligi tufayli Britaniya adabiyotidagi eng sevimli qahramonlardan biri hisoblanadi[1]. Austenning oʻzi Elizabethni bosma nashrlarda „yoqimli jonzot“ deb taʼriflagan.
Elizabeth Angliyaning Hertfordshire shahridagi Meriton qishlogʻi yaqinida joylashgan Longbourn mulkidagi besh Bennet opa-singillarning ikkinchi eng kattasidir. U romanning oʻrtalarida 20 yoshda. Elizabeth aqlli, yosh „jonli, oʻynoqi xulq-atvori bilan, har qanday kulgili narsadan zavqlanadigan“ ayol sifatida tasvirlangan. U tez-tez oʻynoqi xushmuomalalik bilan munosabatga kirishadi. Romanning boshida u oʻzining aql-zakovati va boshqalarning ijtimoiy xulq-atvori va niyatlarini baholashdagi aniqligi bilan shaxsan faxrlanadigan obraz sifatida tasvirlangan.
Uning otasi yer egasi, lekin uning qizlari merosxoʻr boʻlolmaydi, chunki mulk erkak zurriyotga tegishli (u faqat erkak qarindoshlariga meros boʻlishi mumkin). Janob Bennet vafot etgach, uning Longbourndagi mulki amakivachchasi va eng yaqin erkak qarindoshi, Catherine de Bourgh xonimga tegishli Kentdagi Rosings mulki ruhoniysi janob William Collinsga meros boʻlib qoladi. Bu kelajak Bennet xonimning oʻz qizlarini badavlat erkaklarga turmushga berishga intilishiga sabab boʻladi.
Asarda Elizabeth otasining sevimlisi, aksincha, ayniqsa Elizabeth janob Collinsning turmush qurish taklifini rad etganidan keyin u onasining sevimlilik jihatdan eng oxirgi qizi deya tasvirlangan.Uning onasi uni goʻzallik va feʼl-atvorda ustun deb biladigan opa-singillari Jane va Lydia bilan salbiy taqqoslaydi va erining Elizabethni nima uchun boshqa qizlaridan afzal koʻrishini tushunmaydi. Elizabeth koʻpincha onasi va uchta singlisining nooʻrin va ahmoqona xatti-harakatidan xafa boʻladi va xijolat tortadi.
Oʻz qishlogʻida Elizabeth goʻzal va „nozik koʻzli“ maftunkor yosh ayol hisoblanadi va bu xislatlari bilan Janob Darcyning eʼtiboriga tushadi. Keyinchalik Darcy uning „goʻzal va jozibador“ qomatiga, „xushfeʼl xulq-atvoriga“, koʻproq eʼtibor qaratadi va oxir-oqibat uni oʻz tanishlaridagi „eng chiroyli ayollardan biri“ deb biladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Pride and Prejudice: Elizabet Bennet“. sparknotes.com.
- ↑ Austen, Jane. Andisha va G'urur. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014.