Elizabeth Inchbald
Elizabeth Inchbald – (1753-yil 15-oktyabr – 1821-yil 1-avgust) - ingliz yozuvchisi, aktrisasi, dramaturgi va tarjimon. Uning „A Simple Story“ va „Nature and Art“ nomli ikkita romani eʼtiborga molik ishlaridan biri boʻlgan[1].
Elizabeth Inchbald | |
---|---|
Tavalludi |
15-oktyabr 1753-yil Stanningfield, Angliya |
Vafoti |
1-avgust 1821-yil (67 yoshda) Kensington, Angliya |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Hayoti
tahrir1753-yil 15-oktabrda Angliyaning Stanningfield shahrida tugʻilgan. Elizabeth Mary Simpson va John Simpsonning sakkizinchi farzandi boʻlgan. Elizabeth va uning singlisi taʼlimni uyda olishgan.
Elizabethning nutqida bir qancha nuqson va kamchiliklar bor boʻlgan. Duduqlanish kasalligini yoʻqotish uchun koʻp mashq qilgan hatto-ki bu uchun aktyorlik faoliyatini ham boshlagan. 1772-yil aprel oyida 18 yoshida aktrisa boʻlish maqsadida London shahriga bordi. Qiyinchiliklar shu davrdan boshlandi: baʼzilarlar uning duduqlanishi sahnadagi ijrosiga taʼsir qiladi deb qoʻrqishgan edi. Londonga kelganidan soʻng ikki oy oʻtib, iyun oyida aktyor Jozef Inchbaldga (1735–1779) turmushga chiqishga rozi boʻlgan. Oʻsha paytda Joseph hali mashhur boʻlmagan edi. Bu ikki juftlik birinchi marta 1772-yil 4-sentyabrda Shekspirning „Qirol Lir“ filmida birgalikda sahnada rol ijo etadilar[2]. 1772-yil oktyabr oyida Inchbaldlar oilasi West Digges teatr jamoasi bilan birgalikda deyarli toʻrt yil davom etgan gastrol safarini boshlaydilar. 1776-yilga kelib, Fransiyaga koʻchib oʻtishadi. U yerda fransuz tilini oʻrganishadi. Ammo, ular bir oy ichida pulsiz qolishgandan soʻng, Liverpulga koʻchib oʻtishadi. 1777-yilda Tate Wilkinson jamoasiga qoʻshilishadi. 1779-yilning iyun oyida Joseph Inchbaldning oʻlimidan soʻng, Elizabeth bir necha yil davomida Dublin, London shaharlarida yashaydi. Uning aktyorlik faoliyati oʻn yetti davom etdi. Shu yillar mobaynida koʻplab rollar hamda Hannah Cowleyning „Belleʼs Stratagem“ spektakllarida rol ijro etgan. U 1821-yilning 1-avgust sanasida Kensingtonda vafot etgan. 1833-yilda Jeyms Boadenning ikki jildlik „Memoirs of Mrs. Inchbald“ kitobi nashr etildi.
Asarlari
tahrirPyessalar
- Mogul Tale; or, The Descent of the Balloon, 1784
- Appearance is against Them, 1785
- The Widow’s Vow, 1786
- The Midnight Hour, 1787
- Such Things Are, 1787
- All on a Summer’s Day, 1787
- Animal Magnetism, 1788?
- The Child of Nature, 1788
- The Married Man, 1789
- Next Door Neighbours, 1791
- Everyone has his Fault, 1793
- To Marry, or not to Marry, 1793
- The Wedding Day, 1794
- Wives as They Were and Maids as They Are, 1797
- Lovers' Vows, 1798
- The Wise Man of the East, 1799
- The Massacre, 1792, not performed
- A Case of Conscience, published 1833
- The Ancient Law, not performed
- The Hue and Cry, unpublished
- Young Men and Old Women (Lovers No Conjurers), adaptation of Le Méchant; unpublished
Romanlari
- A Simple Story, 1791
- Nature and Art, 1796
Maqolalari
- The British Theatre. 25 vols., 1806–1809
- Collection of Farces and Afterpieces. 7 vols., 1809
- The Modern Theatre. 10 vols., 1811
Manbalar
tahrir- ↑ „Mrs. Inchbald“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ Bruwick, Frederick (25 June 2013). "Elizabeth Inchbald's Reputation: A Publishing and Reception History". European Romantic Review. 24 (4): 467. doi:10.1080/10509585.2013.807630. ISSN 1050-9585. S2CID 144729463..