Ellora
Ellora, Ellur, Elura (YEPoga, YE1iga) — qadimiy meʼmoriy yodgorliklar saqlangan manzil; Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridan 15 km uzoqda. Ellora yaqinidagi qoyatoshlarga 6—13-asrlarda buddizm (12 ta), brahmanizm (17 ta) va jaynizm (5 ta) ibodatxonalari (jami 34 ta) oʻyib ishlangan. Ulardan yaxlit qoyatoshga oʻyib ishlangan Kaylasanatx ibodatxonasi mahobatliligi hamda boʻrtma tasvirlarining dramatizmi bilan mashhur: 50x33, 2 m tarhli ibodatxona hovli (tarhi 84,1x46,9 m) bilan oʻralgan, ibodatxona supasining uchdan bir qismi tabiiy kattalikdagi fillarning boʻrtma (gorelyef) haykallari bilan hoshiyalangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |