Akimova Elvira Shevkiivna (qrim tatarcha: Elvira Akimova1970-yil 24-mart, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Ukrainalik qrim-tatar siyosatchisi va oʻqituvchisi, Yeda Kuyu (Leninskiy) viloyat majlisi rahbari (2012-2013).

Elvira Shevkiivna Akimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-mart 1970-yil (1970-03-24) (54 yosh)
Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR — Ukraina Ukraina
Millati Qrim tatar
Taʼlim Xerson davlat universiteti

Biografiya

tahrir

Elvira Akimov Oʻzbekiston SSRning Andijon shahrida tavallud topgan. 1995-yilda Ukrainada, Xerson viloyatining Xerson davlat pedagogika institutining slavyan filologiyasi fakultetini tamomlagan, soʻngra o'z soxasida oʻqituvchilik bilan shugʻullana boshlagan. 2004-yilda ikkinchi oliy maʼlumotni Qrimdagi oliy taʼlim institutining Qrim tatar filologiyasi fakultetida olgan. 2012-yildan Kaliniv oʻquv majmuasida direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2012-yil 18-martda Akimova Qrim-tatar xalqining Yeda Kuyu (Leninskiy) viloyat majlisi rahbari etib saylandi. Yashirin reytingda ovoz berish natijalariga koʻra, u boshqa nomzodlar Nodira Ajaripova va Shevki Nafeyevadan oldinda edi. Yakunda viloyat majlisi rahbarligida 1yildan oshiq vaqt davomida ishladi. 2013-yil 12-noyabr kuni Elvira Akimov sog‘lig‘i va oilaviy sharoiti tufayli o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatilgan edi. Lenur Ablyazimov Akimova oʻrniga Yeda Kuya viloyat majlisi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[1].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir