Elvira Ivanovna Nikolayeva (1931-yil 22-oktyabr, Qiziloʻrda, Qozogʻiston SSR – 2013-yil 26-aprel, Severodvinsk, Rossiya Federatsiyasi) – Pedagogika fanlari nomzodi, Severodvinsk shahridagi M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy federal universitetining gumanitar fanlar professori.

Elvira Ivanovna Nikolayeva
Tavalludi 22-oktyabr 1931-yil
Qiziloʻrda, Qozogʻiston SSR
Vafoti 26-aprel 2013-yil(2013-04-26)
(81 yoshda)
Severodvinsk, Arxangelsk viloyati, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi Pedagogika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni Professor

Haoyti tahrir

Elvira Ivanovna Nikolayeva 1931-yil 22-oktyabrda muhandis-texnik oilasida tugʻilgan. Uning bolalik va oʻsmirlik yillari harbiy muhandis otasining sayohatlari (Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) bilan bogʻliq edi. Umumiy oʻrta taʼlimni 1948-yilda Oʻzbekistonda tugatgan. 1952-yilda Toshkent yuridik institutining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1958-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti]ning rus tili va adabiyoti fakultetini „Rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Elvira Ivanovna Nikolayeva oʻzining mehnat faoliyatini 1952-yilda Troitskoe qishlogʻida maktabida rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan. U 17 yil davomida oʻqituvchi, keyin bosh oʻqituvchi boʻlib ishlagan. U 1967-yilda SSSRda boshlangʻich maktablarni uch yillik taʼlimga oʻtkazish boʻyicha Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashgan.

Elvira Ivanovna Nikolayeva 1968-yilda Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshladi. Tadqiqotchining ilmiy salohiyati boshlangʻich maktab taʼlimi sohasidagi mashhur olimlar (prof. N.S.Rojdestvenskiy, professor G.A.Fomicheva, professor N.N.Svetlovskaya, M.S.Vasilyeva, korrespondent-aʼzo A.R.Qodirov va boshqalar) taʼsirida shakllangan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida 1972-yilda „Oʻzbekistonda taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarning 1-3-sinf oʻquvchilarida Vatan haqidagi bilimlarni shakllantirish“ nomli nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi.

Elvira Nikolayeva 1978—1994-yillarda Toshkent Davlat Pedagogika Institutining boshlangʻich sinflar fakultetida ishlagan. U keyinchalik Boshlangʻich sinflarda rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasini boshqargan. U 1981-yilda Dotsent va 1991-yilda professor ilmiy unvonlarini olgan. Elvira Ivanovna Nikolayeva Oʻzbekistondagi rus-tuzem maktablari uchun oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash boʻyicha faol ilmiy-tadqiqot ishlari va samarali nashriyot faoliyatini olib borgan. U 1970—1980-yillarda Oʻzbekistonda istiqbolli ilmiy yoʻnalishlardan biri boʻlgan „rus tilida soʻzlashuv tilini yaxshi bilmaydigan bolalarni oʻqishga tayyorlash“ga rahbarlik qilgan. U Olti yoshli rus boʻlmagan bolalarni rus maktablarining boshlangʻich sinflarida oʻqishga tayyorlash boʻyicha Davlat dasturini ishlab chiqishda qatnashgan. Oʻzbekiston SSR Maorif Vazirligining Oʻzbekiston pedagogika bilim yurtlarida milliy guruh oʻquvchilariga rus tilini oʻqitishni faollashtirish muammosi boʻyicha dasturlar ishlab chiqqan. Elvira Ivanovna Nikolayeva Oʻzbekiston SSR Maorif vazirligi huzuridagi Boshlangʻich maktablar (rus tili) oʻquv-uslubiy kengashini boshqargan.

Mukofotlari tahrir

  • "Mehnat faxriysi" medali (1989)

Kasbiy faxriy unvonlar:

  • Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabining xizmat ko'rsatgan xodimi (2002)
  • OʻzSSR xalq taʼlimi aʼlochisi (1970)
  • SSSR taʼlim aʼlochisi (1981)

Havolalar tahrir

  • Николаева Эльвира Ивановна (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) на сайте САФУ
  • Ушла из жизни Николаева Эльвира Ивановна. САФУ. 2013.
  • Библиографический список трудов.
  • Взрослый разговор о детских книгах : [интервью с Э. И. Николаевой] / записал Алексей Янин // Северный рабочий. — 2002. — 19 окт.
  • Николаева Эльвира Ивановна : [биографическая справка] // Наука Поморья : справочное издание / отв. ред Ю. Кудряшов; Администрация Архангельской области. — Архангельск, 2008. — С.118.
  • Полякова, И. Ф. Полвека в педагогике : [исполнилось 50 лет педагогической деятельности заведующей кафедрой педагогики Северодвинского филиала ПГУ им. М. В. Ломоносова, профессора Эльвиры Ивановны Николаевой] / И. Ф. Полякова // Ломоносовец. — 2002. — 15 окт.