Elvira Revovna Tkachenko (1963-yil 25-fevral, Moskva) – sovet yengil atletikachisi va qisqa masofaga yugurish boʻyicha mutaxassis. U 1980-yillarda SSSR yengil atletika terma jamoasi sharafini himoya qilib, Moskvada oʻtkazilgan yaxshi niyat oʻyinlarining kumush va ikki marta bronza medali sovrindori, Butunittifoq chempionatlari gʻolibi, 4×100 metrga estafetada SSSR rekordchisi boʻlgan. Keyinchalik u tibbiyot universitetida akusherlik va ginekologiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Professor. Tibbiyot fanlari doktori.

Elvira Revovna Tkachenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 25-fevral 1963-yil (1963-02-25) (61 yosh)
Moskva
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Klubi Burevestnik (Toshkent)

Hayoti

tahrir

Elvira Revovna Tkachenko 1963-yil 25-fevralda Moskvada tugʻilgan. U Moskva va Toshkentda yengil atletika bilan shugʻullangan hamda „Spartak“ va „Burevestnik“ sport klublari aʼzosi boʻlgan[1].

U 1983-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan SSSR xalqlarining VIII yozgi Spartakiadasi doirasidagi 4×100 metrga estafeta dasturida bronza medali sovrindori boʻlgan.

1984-yilda Donetskda boʻlib oʻtgan SSSR chempionatida 100 metrga yugurishda bronza medali sohibi boʻldi. Oʻzbekiston SSR terma jamoasi bilan esa 4×100 metrga estafetada kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Elvira Revovna Tkachenko 1985-yilda Leningradda boʻlib oʻtgan SSSR chempionatida 200 metrga yugurish va 4×100 metrga estafetada gʻolib chiqdi. Sovet terma jamoasiga qoʻshilgandan soʻng, Moskvadagi Yevropa kubogida ham qatnashdi va u yerda xuddi shu yoʻnalishlar boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi hamda estafeta poygasida oʻz vatandoshlari bilan birgalikda Butunittifoq rekordini oʻrnatdi. Keyinroq u Tokiodagi AQSh terma jamoasi bilan oʻyin doirasidagi estafetada gʻalaba qozondi, Kanberradagi jahon chempionatida esa yana ikkinchi boʻldi.

Bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli 1986-yilda u Moskvada boʻlib oʻtgan birinchi yaxshi niyat oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻldi. Musobaqada 100 va 200 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi, 4×100 metrga estafetada esa AQSh terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi. Uning 200 metrga yugurishda koʻrsatgan 22.27 soniya natijasi hozir ham Oʻzbekiston rekordi boʻlib turibdi[2].

Sportdagi karyerasini tugatgandan soʻng u oʻzini tibbiyot sohasida sinab koʻrdi. Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti professori boʻldi[3]. Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.

U taniqli rus biatlonchisi Yekaterina Yurlova-Perxtning qarindoshi hisoblanadi[4].

Manbalar

tahrir
  1. Kniga:Lyogkaya atletika. Ensiklopediya, 2012—2013
  2. IAAF id:14345100 name:Elvira Tkachenko
  3. Tkachenko Elvira Revovna. Moskovskiy gosudarstvenniy mediko-stomatologicheskiy universitet
  4. Luchshuyu russkuyu biatlonistku ne dopustili do Igr. Ranshe takoe je sluchilos s eyo tetey. rusbiathlon.ru