Elvis Merzļikins (1994-yil 13-aprelda tugʻilgan) — Latviyalik professional xokkeychi. Milliy Xokkey Ligasi (NHL)ning Columbus Blue Jackets jamoasi darvozaboni.

Elvis Merzļikins

Merzļikins HC Lugano safida (2014)
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Latviya bayrogʻi Latviya
Tavallud sanasi 13-aprel 1994-yil (1994-04-13) (30 yosh)
Riga, Latviya
Boʻyi 191 sm
Vazni 82 kg
Turmush oʻrtogʻi Aleksandra[1]
Sport
Mamlakat Latviya
Qaysi sport Xokkey
Pozitsiyasi Darvozabon

Merzļikins bir necha yil Shveytsariyaning HC Lugano klubida faoliyat olib borgan. 2016 va 2018-yillarda Milliy liganing eng yaxshi darvozaboni sifatida Jacques Plante sovrini bilan taqdirlangan. 2014-yilda Blue Jackets safida NHLga kirish loyihasida ishtirok etgan.

Merzļikins 2019-yilda Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtgan va oʻsha yili Milliy xokkey ligasida debyut qilgan.

2021-yilda Blue Jackets klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan[2].

Merzļikins xalqaro miqyosda Latviyaning oʻsmirlar va kattalar terma jamoalari safida bir nechta turnirlarda ishtirok etgan.

Terma jamoa safidagi faoliyati

tahrir

Merzļikins 2012-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2013-yilgi xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Latviya oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan. 2016-yilgi jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan va Shvetsiyaga qarshi dastlabki oʻyinda (qoʻshimcha vaqtda Latviya 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan) debyut qilgan[3]. Merzļikins 2017-yilgi jahon chempionatida va 2018-yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan[4]. 2018-yilgi turnirda oltita oʻyinda Latviya terma jamoasi darvozasini qoʻriqlagan[5]. 2019 va 2022-yilgi jahon chempionatlarida ham Latviyaning asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Merzļikins Latviyaning Riga shahrida tugʻilgan[6]. Merzļikinsning ismi otasining kumiri boʻlgan amerikalik qo'shiqchi Elvis Presley sharafiga qoʻyilgaan[7]. Merzļikins latishcha, inglizcha, ruscha va italyancha tillarda gapira oladi. Bir oʻgʻli bor. Oʻgʻliga 2021-yil 4-iyuldada Upper Arlington shahrida oʻtkazilgan mushakbozlik paytida Elvis va uning oilasini himoya qilish jarayonida halok boʻlgan sobiq jamoadoshi va yurtdoshi Matīss Kivlenieks sharafiga shunday ism qoʻyishgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Hedger. „Blue Jackets' Merzlikins announces birth of son, whose name honors Matiss Kivlenieks“. The Columbus Dispatch (2021-yil 23-avgust).
  2. „Merzlikins signs five-year, $27 million extension with Blue Jackets“ (inglizcha) (2021-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  3. „Game lineup“. International Ice Hockey Federation (2016-yil 7-may). Qaraldi: 2016-yil 9-may.
  4. Vickers. „Merzlikins not looking ahead to next season with Blue Jackets“. National Hockey League (2019-yil 13-may). Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  5. „Elvis Merzlikins named Latvian Hockey Player of the Year“. Columbus Blue Jackets (2019-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  6. „Elvis Merzlikins“. Elite Prospects. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  7. „Watch Goalie Elvis Merzlikins' First Press Conference in Columbus“. 1stohiobattery.com (2019-yil 4-aprel).