Elyor Ishmuhamedov
Elyor Muhitdinovich Ishmuhamedov (1942-yil 1-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — sovet, rus va oʻzbek kinorejissori, ssenariy muallifi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1969), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1983), Rossiya Federasiyasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (2013)[1]. SSSR Davlat mukofoti laureati (1984). Rossiya Milliy kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasining muxbir a’zosi[2].
Elyor Muhitdinovich Ishmuhamedov | |
---|---|
Tavalludi |
1-may 1942-yil |
Fuqaroligi | |
Kasbi | kinorejissor, ssenariy muallifi |
Faoliyat yillari | 1959dan |
Mukofotlari | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist Oʻzbekiston SSR xalq artisti Rossiya Federasiyasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi |
Tarjimai hol
tahrirElyor Ishmuhamedov 1942-yil 1-may sanasida Toshkentda tugʻilgan. Maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1965-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissorlik boʻlimini, Yuriy Genik qoʻl ostida tahsil olgan.
U1965-1989-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida rejissor boʻlib ishlagan. 1996-yildan Moskvada rejissorlik va montaj ishlaridan dars bergan[3], 2013-yildan Oliy ssenariy muallif va rejissorlar kurslari (Odelsha Agishev bilan hamkorlikda) ssenariy ustaxonasi rahbari,[4] soʻng 2019-yildan beri u BDKIning Rostov filialida aktyorlik kursi magistri boʻldi.
Ishmuhamedovning “Nazokat” debyut filmi (1966-yilda) Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti, Frankfurtdagi Xalqaro Osiyo kino haftaligi (Kumush mukofot, eng yaxshi rejissor mukofoti, tanqidchilar mukofoti), Pezaro (Italiya) Lokarno (Shveysariya)dagi xalqaro kinofestivallar mukofotlari bilan taqdirlangan. "Sevishganlar" filmi (1969-yilda) SSSR kinoprokatining eng kassabop filmlaridan biri boʻlib, Minskdagi Butunittifoq kinofestivalida Kesak (Vengriya, rejissorlik mukofoti) va Melburnda (Avstraliya) xalqaro kinofestivallarida (eng yaxshi rejissor mukofoti), "Sovet ekrani" jurnalining ijodiy jamoa mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Ishmuhamedov Ibn Sino haqidagi “Daho yoshligi” filmi uchun SSSR Davlat mukofoti laureati[2].
Rafiqasi - Tamara Vasilevna Akulova (1957-yilda tugʻilgan). Oʻgʻli - Dmitriy Elyorovich Ishmuhamedov (1989-yilda tugʻilgan)[5].
Oʻgʻli - Timur Elyorovich Ishmuhamedov.
Filmografiyasi
tahrirRejissorlik ishi
tahrir- 1964-yil — Uchrashuv (qisqa)
- 1966-yil — Nozikoyim
- 1969-yil — Sevishganlar
- 1970-yil — Velo poyga (hujjatli film)
- 1973-yil — Visol va ayriliq
- 1976-yil — Umid qushlari
- 1977-yil — Toshkentda daryo bor (hujjatli film)
- 1980-yil — Bizning yillarimiz qanday!
- 1982-yil — Daho yoshligi
- 1985-yil — Alvido, koʻklam yoz...
- 1989-yil — Shok (2 qism), 4 qismning televizion talqini - "Sevgi va nafrat"
- 1997-yil — "Moskva haqida yuzta film" loyihasidan Navroʻz (qisqa metrajli hujjatli film).
- 2001-yil — Merosxoʻrlar
- 2003-yil — Yoʻldagi farishta
- 2004-yil — Sevishganlar 2
- 2005-yil — Merosxoʻrlar 2
- 2006-yil — Kelin
- 2007-yil — yolgʻiz bolali ayol
- 2007-yil — Siz haqingizda
- 2007-yil — Mening nurim
- 2007-yil — Uchinchi osmon
- 2009-yil — Bir asrdan ortiqroq
- 2009-yil — Katya: Harbiy tarix
- 2011-yil — MUR
- 2014-yil — Mix
Ssenariylik ishi
tahrir- 1973-yil - Visol va ayriliq
- 1976-yil - Umid qushlari
- 1982-yil - Daho yoshligi
- 1985-yil - Alvido, koʻklam yoz...
- 1989-yil - Shok
- 2004-yil - Sevishganlar 2
Produserlik ishi
tahrir- 2004-yil - Sevishganlar 2
Manbalar
tahrir- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 25 июля 2013 года № 639 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „У кинорежиссера Эльера Ишмухамедова юбилей. Поздравления от коллег!!!“. Союз кинематографистов Российской Федерации. 2017-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Нина Катаева. „Эльёр Ишмухамедов: Свою первую премию за «влюбленных» я получил в Минске“. Союзное вече (2016-yil 24-fevral). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
- ↑ „Ишмухамедов Эльер Мухитдинович“. Высшие курсы сценаристов и режиссёров. 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Олег Перанов. „Тамару Акулову муж заставил научиться драться“. Tele.ru (2012-yil 11-may). 2016-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.