Emal eroziyasi
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Muammo aniq keltirilmagan. Sahifadagi muammoni aniqlab yozing yoki andozani olib tashlang. |
Emal eroziyasi – Emal va dentinning biror qismi asta – sekin kamayishi natijasida tishlarda eroziya hosil boʻladi. Sababi maʼlum emas. Tish chyotkasi va pastasi natijasida, xoʻl mevalar sharbati taʼsiri tufayli boʻlsa kerak degan taxminlar bor.
Tasnifi
tahrirAsab, ruxiy kasalliklar, podagra, endokrin xastaliklari, ayniqsa, tireotoksikozda tishlarda eroziya uchrashi kuzatilgan. Tishlarda eroziya oʻrta yoshlilarda, qariyalarda (40-80 yoshlarda) koʻpincha tepada kurak tishlarda boʻladi, premolyarda ham boʻlishi mumkin. Tishlarning asosan dahliz yuzasida yumaloq yoki likobchasimon nuqson –chuqurcha hosil boʻladi. Avval emal, soʻngra dentinni zararlantiradi. Eroziya tubi, atrofi qattiq, silliq boʻladi. Eroziyaning boshlangʻich emal taraqqiy etgan bosqichida emal va dentin zararlanadi. Maksimovskiy Yu.M. (1981) tish eroziyasini 3ta bosqichga boʻlgan[1]:
- Emal yuzasi.
- Emalning hammasi.
- Emal va dentin ham zararlangan boʻladi.
Tish eroziyasi aktiv oʻtkir va stabillashgan surunkali boʻlishi va bir-biriga oʻtishi mumkin. Bunday boʻlish tireotoksikozning qaytalanishida kuzatiladi. Emalning qattiqligi kamayadi. Oʻrtacha 295 kg mm2 boʻladi, normada 395 kg mm2. Dentinning qattiqligi biroz oshadi −70 kg mm2 boʻladi, normada 359 kg mm2. Tishda eroziya boʻlgan joyda nasmit pardasi yupqalashadi, prizmalarda oʻzgarish –demineralizaciya boʻladi. Emalda mis, rux, temir, kobalt kabi mikroelementlar kamayadi. Prizmalararo oraliq kengayadi. Dentinda yaltiroq, oʻrinbosar dentin hosil boʻladi, dentin naylari torayadi, obliteraciyalanadi. Leus P.I., Galchenko V.M.(1983) tishdagi eroziya kariesga oʻxshash kasallikdir, deb hisoblashgan.
Davolash
tahrirDavolash eroziya qaysi shaklda boshlanishiga bogʻliq. Eng oldin, eroziyani keltirib chiqaradigan omillarni oldini olish kerak. SHuning uchun, sharbatlar va mevalarni isteʼmoldan chiqarish, yoʻqotish yoki ular isteʼmol qilingach, ogʻizni chayish zarurligini, tish tozalashda qattiq chyotka, tish paroshoklari qoʻllamaslikni balki shu maqsadlarda remineralizaciyalovchi, tarkibida ftori bor tish pastalar -"Pepsodent", „Jemchug“, „Ftoradent“, „Blend-a-med“, „Kolgeyt“ kabilar yumshoq tish chetkalarini qoʻllashni tavsiya etiladi[2]. Mahalliy davolash uchun tish qattiq toʻqimalari eroziya yuzalariga natriy glyukonat eritmasi, 3% pepsodent eritmasi, 2% natriy ftorid eritmalari shimdiriladi (applikatsiya). Bular remineralizaciya vazifasini bajarib, eroziyani turgʻunlikka(stabilizatsiya) olib keladi. Undan tashqari bu dorilar tishlarsezgirligini (giperesteziya) pasaytiradi. Bir vaqtning oʻzida bemorlarga polivitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Vaqti-vaqti bilan tishilarga 75% li ftorli pasta bilan ishlov beriladi. Bu tish giperesteziyasini pasaytiradi, tish toʻqimalarini mustahkamlaydi, ftor appatit hosil qiladi. Shuningdek shimdirish oʻrniga, 1-2% kaltsiy glyukanat suyuqligini elektroforez usulida tishlarga yuborish va undan keyin 4% li natriy ftorid bilan shimdirish mumkin. Har davolash kursi 15-20 muolajani tashkil etadi. Agar eroziya chuqur boʻlsa, plomba bilan yopiladi. Plombalashda kompozit ashyolar (fotopolimerlar) qoʻllanadi. Eroziya oqibatida dentinning ancha qismi yoʻqolgan boʻlsa, plombadan oldin albatta taglik qoʻyiladi. Avvalo tish toʻqimalari sezgirligini kamaytirish maqsadida 10% kaltsiy glyukonat, 0,2-2% natriy ftorid, 75% ftorli pasta kabi dorilarni kemtikli tish yuzalariga shimdirish (applikaciya) maqsadga muvofiqdir. Agar yumshagan toʻqimalar boʻladigan boʻlsa, ularni olib tashlab, oʻrniga plomba qoʻyish kerak. Karies kelib chiqadigan sabablarni kamaytirish yoki yoʻqotish uchun karbon suvlar isteʼmol qilishni taʼqiqlash, doimiy va toʻgʻri tish tozalashni taʼminlash zarur. Bemorlarni dispanser nazoratiga olib, vaqti – vaqti bilan reminerilizatsiyalovchi ftorli preparatlar bilan tishlarga ishlov berish kerak. Agar bemorlarda endokrin bezlari vazifalarining buzilishlari aniqlangan boʻlsa, davolash endokrinolog bilan birga olib borilishi talab qilinadi. Vitaminlar, mikroelementlar, kaltsiy tuzlari tavsiya etiladi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Bekjanova, Olga; Yusupalixodjayeva, Saodat; Shukurova, Umida; Alimova, Dono. Klinik restavratsion stomatologiya, AVTO-NASHR, Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019 — 171-173-bet. ISBN 978-9943-5387-2-6.
- ↑ Kamilov, Xaydar; Yusupalixodjayeva, Saodat; Shukurova, Umida. Fakultet Terapevtik Stomatologiyasi, Top Image Media, Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017 — 127-128-bet.