Embiyalar
Embiyalar — hasharotlar turkumi. Uzunligi 1,5—22 mm. Qanotlari kalta, 2 juft; odatda, faqat erkaklarida rivojlangan. Ayrim turlarida ikkala jins ham qanotsiz. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Moʻylovlari boshidan uzunroq. Oldingi oyoqlari uchki qismida pufaksimon; ipak hosil qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Qorin boʻlimining uchki qismida 2 boʻgʻimli oʻsimtasi joylashgan. Lichinkasi voyaga yetgan davriga oʻxshash; chala oʻzgarish orqali rivojlanadi, 200 ga yaqin turi maʼlum; asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan; koʻproq oʻrmonlarda oila boʻlib inda yashaydi. Daraxtlar oʻrta dengiz, poʻstlogʻi va toshlar os embiyasi. tiga, tuproqqa ipak iplardan koʻp tarmoqli naysimon in quradi. Oʻsimlikxoʻr, ayrim turlari oʻsimliklarga birmuncha ziyon yetkazadi; baʼzi turlari yirtqich. Qrim va Kavkazda relikt E., Oʻrta Osiyo hududida qanotsiz turkiston E.i tarqalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |