Emilia Ingrid Maria Andersson Ramboldt qizlik familyasi: Andersson (talaffuzi: Emiliya Remboldt; 1988-yil 31-avgustda tugʻilgan) — shved xokkey himoyachisi. Oʻn ikki mavsum davomida Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va sakkizta IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida, 2010-, 2014- va 2018-yillarda qishki Olimpiya oʻyinlarida oʻynagan. Ramboldt 2014—2015-yilgi mavsumda Riksseriening eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan[1].

Emilia Ramboldt 2016-yilda
Tugʻilgan joyi 31-avgust 1988-yil (1988-08-31) (35 yosh)
Sollentuna, Shvetsiya
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 157 lb (71 kg; 11 st 3 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
Oʻynagan jamoalari Linköping HC
AIK IF
Segeltorps IF
Minnesota State Mavericks
Milliy jamoa  Shvetsiya
Jamoalardagi faoliyat 2001—hozirgacha
Medallari va yutuqlari
IIHF Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
Bronza 2007 Kanada

Faoliyati tahrir

Ramboldt 1988-yil 31-avgustda Shvetsiyaning Stokgolmi bilan chegaradosh Sollentuna munitsipalitetida tugʻilgan. Bolaligida tez-tez muz maydonchasida oʻynagan, uning uchta akasi ham xokkey oʻynagan[2].

NCAA tahrir

Mavericks bilan oʻzining birinchi mavsumida Andersson 18 ochko toʻpladi. Birinchi kurs talabalari orasida gol urish boʻyicha jamoa yetakchisi boʻldi[3].

Shaxsiy hayoti tahrir

Emilia Andersson 2015-yil iyun oyida Shvetsiyaning Linköping shahrida Anna Ramboldtga turmushga chiqdi[4]. Ikkisini 2012-yilda doʻstlari tanishtirgan. Ularning oʻgʻli Valter 2017-yilda tugʻilgan[5]. Asli Minnesotadan boʻlgan Anna Rambldt Minnesota shtatidagi St. Mary universitetida oʻqigan, u yerda maktabning fastpitch softbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan va jinoyat huquqini oʻqigan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Andersson Shvetsiya chempioni kubogida ishtirok etdi. 2006—2007-yillarda birinchi oʻrinni, 2007—2008-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan.

2015-yil dekabr oyida Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 4-millat turniri roʻyxatidan joy oldi[6][7].

Faoliyati statistikasi tahrir

Shvetsiya tahrir

Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik, PPG=Pover-pley goll, SHG=qisqa gol, GWG=gʻalaba keltiruvchi gol

Yil Musobaqa GP G A Pts PIM
2010-yil 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari 4 0 1 1 4

[8]

NCAA tahrir

Yil GP G A Pts PIM PPG SHG GWG
2008-09 34 4 14 18 22 2 0 0
2010-11 32 0 4 4 26 0 0 0
2011-12 4 1 0 1 8 0 0 0

Mukofot va unvonlari tahrir

  • 2008—2009-yilgi MSU Mavericks yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi[9].

Manbalar tahrir

  1. „Hon är Sveriges bästa hockeytjej“ (sv). Aftonbladet (2015-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  2. Rönnkvist. „Drillades mot Hörnqvist – nu är hon en av Damkronornas nyckelspelare: "Har hjälpt mig som back"“ (sv). Hockeysverige (2016-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  3. „Minnesota State Mavericks – Emilia Andersson – 2011–12 Women's Ice Hockey“.
  4. Yttergren. „"Vårt bröllop är ju större än prinsens"“. Aftonbladet (2015-yil 13-iyun). Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  5. Löwing. „SM-guld – sedan vill Emilia bli mamma igen – Motala Vadstena Tidning“ (sv). Motala & Vadstena Tidning (2019-yil 30-avgust). 2019-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  6. „Archived copy“. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  7. „Archived copy“. 2015-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-dekabr.
  8. „Emilia Andersson“. Olympics at Sports-Reference.com. 2012-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Minnesota State Mavericks – Mavericks Announce 2008–09 Team Awards“. MSU-Mankato. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.

Havolalar tahrir