Emma Myers (2002-yil 2-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa. U oʻz karerasini 2010-yilda The Glades filmida bola aktrisa sifatida boshlagan[1]. U 2022-yil Wednesday serialida Enid Sinclair rolini o‘ynab o‘zining muvaffaqiyatiga erishgan[2][3].

Emma Myers
Tavalludi 2-aprel 2002-yil (2002-04-02) (22 yosh)[1]
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010 — hozirgi kungacha

Yoshligi tahrir

Emma Myers 2002-yil 2-aprelda Florida shtatining Orlando shahrida tugʻilgan. U uy maktablari kooperativiga qatnagan ammo hech qachon anʼanaviy maktab tajribasiga ega boʻlmagan[4].

Faoliyati tahrir

Myers 2010-yilda The Glades teleserialida debyut qilib, bola aktrisa sifatida faoliyat yurita boshlaydi[1]. U 16 yoshida professional aktyorlik faoliyatini boshlagan[5]. Myers Southern Gospel (2020), A Tasty of Chrismas (2020) va Girl in the Basement (2021) filmlarida paydo boʻldi[6]. U 2022-yil Wednesday serialida Wednesday Addams rolini oʻynagan hamkasbi Jenna Ortega bilan birga Enid Sinclair roli orqali muvaffaqiyatiga erishdi[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Myers K-pop, xususan Seventeen guruhi muxlisi. Uning 2022-yilda Teen Vogue jurnaliga bergan intervyusiga koʻra, Uzuklar hukmdori va Yulduzlar urushi fandomlari Emmaning dunyoqarashini shakllantirgan onlayn fandomning ikkita ustuni boʻlgan. U oʻzini introvert deb taʼriflaydi.

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Sarlavha Rol
2010-yil Letters to god avtobusdagi kichkina qiz (ismi koʻrsatilmagan)
2021-yil Girl in the Basement Marie Cody

Televideniye tahrir

Yil Sarlavha Rol
2010-yil The Glades Paige Slayton
2020-yil The Baker and the Beauty Stephanie
Dead of Night Magnoliyadan kelgan qiz
A Tasty of Christmas BeeBee Jordan
2022-yil Wednesday Enid Sinclair

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „What movies and TV shows has Emma Myers been in?“. PopBuzz. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Get Ready with Emma Myers for the "Wednesday" Premiere“. Teen Vogue (28-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  3. Kickham. „Emma Myers Wants Wenclair Shippers To Know: "They Were Roommates"“. Elite Daily (23-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  4. „Netflix Star Emma Myers Is Wednesday’s Biggest Fan“. Teen Vogue (24-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  5. Roth. „Emma Myers Hopes To Inspire Young Girls With Her Role In Netflix's 'Wednesday'“. Grazia USA (21-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.
  6. „Emma Myers“. IMDb. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir