Emmanuel Kipkurui Korir (inglizcha: Emmanuel Kipkurui Korir; tugʻ. 1995-yil 15-iyun, Keniya[1]) — keniyalik yengil atletikachi, oʻrta masofaga yuguruvchi, 2020-yilgi Olimpiya chempioni[2] va 800 metrga yugurish boʻyicha 2022-yilgi jahon chempioni[3].

Sport martabasi

tahrir

2017-yilda Emmanuel yopiq inshootlarda 600 metrga yugurishda jahon rekordini oʻrnatdi[4].

2018-yilda esa 4x400 m estafetada Afrika chempioni. Oʻsha chempionatda 800 m masofaga yugurishda kumush medal sohibiga aylandi.

800 metrga yugurish boʻyicha 2018-yilgi Qit'a kubogi gʻolibi[5].

2018-yil 22-iyul holatiga koʻra, Emmanuel 800 m masofaga yugurish boʻyicha 1:42,05[6] shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichi bilan oltinchi eng tez sportchi hisoblandi.

2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 800 metrga yugurishda 1:45,06 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].

Professionallarga oʻtish

tahrir

2017-yilning avgustida 22 yoshli Emmanuel Korir Nike bilan professional tarzda shugʻullanish uchun shartnoma imzoladi[8]. U El Pasoda UTEP bosh murabbiyi yordamchisi Pol Ereng qoʻl ostida mashgʻulotlarni davom ettiradi. Shu bilan birga uning universitetdagi oʻqishi ham toʻxtamaydi.

Uning murabbiyi Ereng matbuot anjumanida jurnalistlarga shunday dedi: „Emmanuel mavsum boshida yopiq maydonda yaxshi yugurishni boshladi, oʻsha paytda professional boʻlish gʻoyasi tugʻildi. U 800 metrga yugurish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallaydi va 400 metrga yugurish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallaydi, shuning uchun u Keniya uchun yana bir mashhur nom boʻlishi uchun u kerak boʻlgan hamma narsaga ega“[9].

Emmanuel Korir Ereng bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun Keniyadan AQShga koʻchib oʻtgandan soʻng, bu yil NCAA debyuti bilan sport olamining eʼtiborini tortdi[10].

Manbalar

tahrir