Ene Ergma
Ene Ergma (1944-yil 29-fevral, Rakvere) — estoniyalik astrofizik va siyosatchi, Estoniya Fanlar akademiyasining aʼzosi. 2003-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilda 2014-yilgacha Riigikogu (Estoniya parlamenti) raisi boʻlgan[1]. 2007-yilning may oyidan „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisi oʻrinbosari.
Ene Ergma | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
29-fevral 1944-yil Rakvere, Estoniya SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Estoniya |
Siyosiy partiyasi | „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi |
Taʼlim | Moskva davlat universiteti |
Taʼlimi
tahrirEne Ergma Viljandi shahridagi Carl Robert Jakobson nomidagi oʻrta maktabni tamomlagan (1962). Tartu universitetining fizika fakultetida tahsil olgan (1962—1964), 1969-yilda Moskva davlat universitetining fizika fakultetining astronomiya fakultetini tamomlagan. Bu universitetda Ene Ergma fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi (1972) va 1984-yilda „Yulduzlar evolyutsiyasining soʻnggi bosqichlarida termoyadro yoqilgʻisining beqaror yonishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1][2].
Ilmiy faoliyati
tahrirErgma Estoniya SSR Fanlar akademiyasining Astronomiya institutida kichik ilmiy xodim (1972—1974), SSSR Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida kichik, keyin esa katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, ilmiy direktor boʻlib ishlagan (1974—1988). 1988—1992-yillarda Tartu universitetining nazariy fizika va astrofizika kafedrasi professori[3], 1992—1998-yillarda esa Nazariy fizika instituti mudiri lavozimlarida ishlagan. Ene Ergma ilmiy faoliyatining choʻqqisi Estoniya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimi boʻlgan (1999—2004). Ene Ergma Estoniya TEA ensiklopediyasi tahririyat kengashi aʼzosi (2008).
Siyosiy faoliyati
tahrir2002-yilda Res Publica partiyasiga aʼzob boʻladi. 2003-yilda X chaqiriq Riigikogu deputati boʻladi. Shuningdek, XI va XII chaqiriqlar Riigikogu deputati boʻlgan. Keyingi ikki yil ichida parlament spikeri boʻlgan. 2006-yilda oʻzining nomzodini prezidentlikka qoʻygan. Estoniya parlamentining 2/3 ovozini olmasdan saylovda yutqazadi. 2007-yildan „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisining oʻrinbosari[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 [Eesti Teaduste Akadeemia aastaraamat. Faktid ja arvud XXV (52) 2019. Tallinna, 2020, lk 99]
- ↑ Eesti Teaduste Akadeemia liikmeskond II: 1938-1998. Tallinn, 1998, lk 36-37.
- ↑ Ene Ergma
- ↑ „Riigikogu juhatus“. Riigikogu.
- ↑ esa „Estonia accedes to ESA Convention“. European Space Agency. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.