Enid Blyton
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Enid Mary Blyton (talaffuzi: Enid Meri Blayton; 11-avgust 1897-yil — 28-noyabr 1968-yil) ingliz yozuvchisidir.
Enid Blyton | |
---|---|
Tavalludi |
11-avgust 1897-yil |
Vafoti |
28-noyabr 1968-yil (71 yoshda) Hampstead, London, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1922–1968 |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 2 |
Dastlabki yillar
tahrirBlyton 1897-yil 11-avgustda Londonda tavallud topgan. Uning otasi Thomas Carey Blyton (1870—1920) pichoqchilik bilan shugʻullanardi, onasi Theresa Mary (qizlik familiyasi: Harrison; 1874-1950) esa uy bekasi edi. Oilada uch farzand boʻlib, Eniddan keyin ikki oʻgʻil — Hanly (1899—1983) va Carey (1902—1976) bor boʻlgan. 1907—1915-yillarda boʻlajak yozuvchi Enid Blyton Avliyo Christopher maktabida tahsil oldi. Maktabda uning ham ilmiy, ham jismoniy faoliyati havas qilgulik boʻlib, u hamma fanlarni yaxshi oʻzlashtirar, faqatgina matematikani yoqtirmasdi.
Otasining savdo faoliyati gullab-yashnagan paytda oila har uchala farzandlarini ham maʼlumotli qilishni xohladi. Tomas Blytonning toʻngʻich farzandi-yagona qizi Enid juda yaxshi oʻqirdi. Ota-bola oʻrtasida oʻxshashliklar koʻp edi: tashqi koʻrinishda har ikkalasi ham quyuq qora sochli, kelishgan, ichki dunyosida ikkalasi ham bilim va oʻzgarishlarga chanqoq edi. Aynan shu oʻxshashliklar sabab ota oʻz qizini haddan ortiq yaxshi koʻrar va u hamda boshqa bolalariga yetarlicha sharoit yaratib berishga intilardi. Ota-bola birgalikda bogʻlarini parvarish qilishni, tabiat qoʻynida sayr qilishni, sanʼat, teatr, musiqa va adabiyotni juda yoqtirishardi. Enid otasidan koʻp narsani oʻrganadi. Oʻzining „The Story of my Life“ asarida Enid shunday deb yozadi:
„… otam qishloq hayotini, gullarni, qushlar va yovvoyi hayvonlarni juda yoqtirardi. Ular haqida juda koʻp narsalarni bilardi. Bundan ham koʻprogʻi, u oʻz ekspeditsiyalariga meni ham olib borar va oʻz muhabbati hamda bilimlarini men bilan boʻlishardi.
Bu men uchun juda ajoyib edi. Tabiatni oʻrganish uchun u haqida koʻp narsa biladigan odam bilan sayohat qilish eng yaxshi dars boʻlsa kerak.“[1]
Tomos ham kenjatoy qiziga odatiy turmush tarzida asqotadigan maslahatlarini berib borardi. U Enidni oʻzi bilan baravar urugʻ qadab gul oʻstirishini yoqtirardi.
Enidning onasi bilan munosabati havas qilgulik emasdi. Tereza Tomas kabi fikrlashi keng, sanʼatga, adabiyotga ishtiyoqmand emasdi va erining ham qiziqishlarini boʻlishmasdi. Shu uchun ham qizining uy ishlarida yordamlashib, quymalanib yurishini, oʻgʻillarining esa erkin boʻlishini istardi. U qizining nima sababdan bunchalik koʻp mutolaa qilishini tushunmas, eri ham nega qiziga toʻsqinlik qilmayotganligiga aqli yetmasdi.
Ijodiy faoliyatining boshlanishi
tahrirBoshlangʻich maktabni Treskoda boshlagan Enid 1907-yilda Bekenhemdagi Avliyo Christopher maktabiga qabul qilinadi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Blyton maktabda ham juda tirishqoq, sanʼat va adabiyotga qiziqishi bilan boshqalardan ustunligini koʻrsatadi. Maktabdan tashqari faoliyat sifatida Enid va uning ikki dugonasi Meri Attenboro va Mirabel Devis „Dab“ jurnalini tashkil etishadi. taʼsischining familiyasi bosh harfidan olingan.[2]
Ota qizining yetuk musiqachi pianino chaluvchi boʻlishini juda xohlardi. Lekin Enid oʻqituvchilik kasbini tanladi. Bundan tashqari XX asrning 20-yillari boshida shaxsiy boshlangʻich maktabini ochdi. Lekin maktab direktori sifatida ham u uncha uzoq faoliyat olib bormadi: turmushga chiqqach u oʻz kuchini yozuvchilikda sinab koʻrmoqchi boʻldi. Ijodini bolalarga bagʻishlangan kichik-kichik sheʼrlar yozishdan boshlagan Blyton oʻzining „Sunny Stories“ deb nomlangan bolalar uchun moʻljallangan jurnaliga asos soldi. Jurnal oʻz oʻquvchilarini topa oldi va oʻz noshiriga vaqt oʻtishi bilan katta shuhrat keltirdi.[3]
Enidning bolalikdagi mutolaalari uni bolalar yozuvchisi boʻlish kabi orzuga yetakladi. U Anna Syuellning „Black Beauty“, Charlz Kingslining „The Water Babies“, Luiza M.Elkotning „Little Women“ asarlari uning sevimli kitoblari sirasiga kirardi. U oʻzi bu haqida shunday deb yozadi:
„Those were real children… When I grow up I will write books about real children, I thought. Thatʼs the kind of book I like best. Thatʼs the kind of book I would know how to write“.[3]
Enid Blyton xalq ogʻzaki ijodi asarlaridan mif va afsonalarni juda yoqtirardi. Asarlarida ham ularda uchraydigan real voqealarning guvohi boʻlish mumkin.
Shuni alohida taʼkidlash zarurki, Enidning ijodi jarayoniga ota-onasining ajrashishi ham taʼsir qilmay qolmadi. Enid oʻn uch yoshligida ota-onasi qattiq tortishib qoladilar va aynan shu kuni Enid otasining hayotida boshqa ayol borligini va u endi oʻsha bilan yashashini eshitadi. Onasi bolalardan otalarini soʻrashsa, safarga ketganligini aytishga majbur qiladi va bu safar ancha yillarga „choʻziladi“. Ana shu ajrashish sabab Enid oʻz shaxsiy hayotidagi yomon kunlarni ham koʻrsatmaslikni, ularni shu yoʻl bilan yengib oʻtishni oʻrganadi.
Onasi bilan hech qachon yaqin boʻlmagan Enid otasi ketgach, oʻz xonasida qamalib olib kun boʻyi bir nimalarni yozib oʻtiradigan odat chiqardi. Uning tasavvuri keng boʻlib, oʻz gʻamini u hikoyalarida yorita boshladi. Onasi uni „mijgʻov“ deb bezovta qilmay qoʻydi. Enid hikoyalarini, minglab rad javobini olsada, jurnallarga yuboraverdi. Onasi uning bu ishini pul va vaqtni behuda sarflash deb atab, qizini hatto qoʻllamaydiyam. Unga maʼnaviy koʻmak maktabdosh dugonasining ammasi Meybe Attenboro boʻldi.
Oʻzining mehnati samarasini Enid 1917-yilda „Have You…?“ sheʼri Nash’s Magazine jurnalida bosilib chiqqanda koʻrdi.
Haqiqiy mashhurlik Blytonga 1938-yilda, uning ilk qissasi „The Secret Island“ nashridan soʻng keldi. Asar qahramonlari — Kichik va maktab yoshidagi toʻrt bola. Asarda muallif bu qahramonlar yoshini atayin koʻrsatmaydi, chunki u bu bilan oʻz oʻquvchisi shu qahramon oʻrniga oʻzini qoʻyib koʻrishini xohlaydi. Toʻrt qahramon uydan bir orolchaga ketib qoladilar. U yerda kattalardan muvaffaqiyatli bekinib, mustaqil yashay boshlaydilar. Adabiyotda bu mavzu yangilik emas. Aynan ingliz adabiyotida ham Blytongacha boʻlgan asarlarda bu kabi mavzularni koʻrish mumkin. Bular qatoriga Ridyard Kipling, Luiza Meri Elkott kabi yozuvchilarning asarlari kiradi. Lekin Blytonning asarlarida 1930-yillar bolalarining qiziqishini orttiradigan, eʼtiborini tortadigan koʻngliga yaqin nimadir bor edi. Bunga yangi qahramonlarning sarguzashtlari aynan ularga yaqin joyda sodir boʻlayotganligi ham, ularning zamonaviy, oʻzlariga yaqin tilda gapirayotgani ham sabab boʻlishi mumkin. Asar yangiliklari noshirlikning ham siljishiga sabab boʻldi. Uning yaratilishi natijasida barcha nashriyotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻygan urush Buyuk Britaniyada bu yangi ingliz bolalar adabiyoti yulduzining oqimini toʻxtata olmadi.[4]
1942-yilda Blytonning eng-eng mashhur toʻplamining birinchi jildi „Five on a Treasure Island“ („Gʻaroyib beshlik xazinalar orolida“) nashrdan chiqdi. „The Famous Five“ toʻplami qahramonlari boy oilaning uch farzandi -ikki aka, bir singil, ularning amakivachchasi Jorjina va it. Jorjina oʻziga xos muhitda, tabiat qoʻynida oʻsayotgan qiz. U qiz bola boʻlib tugʻilganidan doimo norozi, sochini kalta kestirib, oʻgʻil bolalar kiyimini kiyib yuradi va hammaga oʻzini Jorjina deb emas, Jorj deb tanishtiradi.
Asarning uncha murakkab boʻlmagan qurilmasi bolalarning barcha mavjud muammolarini oʻz ichiga oladi. Bunga jamiyatning turli qatlamlariga mansub qarindoshlar munosabatlari, qizlar va oʻgʻil bolalar orasidagi munosabatlar, ota-onalar va bolalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasidagi va shu kabi qator munosabatlar yetakchi oʻrin tutadi.
Tilsimlar va xazinalar bolalar adabiyotida yetakchi oʻrinni tutgan boʻlsa-da, Enid Blyton oʻzini detektivlar bilan chegaralamadi: u sehrli asarlar ham yaratdi. Bular qatoriga uning sehrli daraxt haqidagi asarini kiritish mumkin. Asarda hovli bogʻidagi daraxt asar qahramonlarini ertaklar mamlakatiga qoʻrqinchli va gʻaroyib sarguzashtlarni boshdan kechirishga yuboradi.[5]
Enid Blytonning maktab-internatlar haqida ham ikkita mashhur ertaknamo boʻlmagan sikldagi asari mavjud. Bular „Malory Towers“ va „St.Claireʼs“ asarlari kiradi. Birinchi asar qahramoni kichkina qizcha, ikkinchisining qahramonlari esa egizak opa-singillardir.
Enid Blyton „Mistletoe Farm“ kabi pedagogik povest ham yozgan. „Omela fermasi“ deb nomlanuvchi bu asar syujetida shaharlik va qishloqlik bolalar birga yashashni oʻrganadilar. Bu holat Blyton tomonidan kashf etilmagan biroq biroz zamonaviylashtirilgan. Chunki Blytongacha boʻlgan yozuvchilar ijodida urush yillarida yuzlab va minglab angliyalik bolalarning mamlakat chekkasidagi qishloqlarga evakuatsiya qilingan: haqidagi asarlarni uchratish mumkin.
Blyton nafaqat maktab oʻquvchilari uchun, balki kichik yoshdagi bolalar uchun ham asarlar yaratdi. Yogʻoch odamcha Noddi haqidagi yigirma toʻrt kitobdan iborat asar shular jumlasidandir. Bu qahramon chaqaloqligida ertak qahramoni Pinokkioga juda oʻxshab ketadi. Blytonning aynan shu qahramoni ishtirokida 1955-yildan buyon har yili multiplikatsion filmlar suratga olib kelindi.
Blyton asarlarida qahramonlar bir necha soʻzlarda tasvirlab berilgan va sahna tasvirlari ham juda qisqa. Lekin shunga qaramay bolalar uning kitoblarini katta qiziqish bilan mutolaa qiladilar.
Enid Blyton 1968-yil 81 yoshida olamdan oʻtdi. Uning asarlari sonini hali hech kim aniq bilmasdi. Bu son bir necha yillardan buyon 700 va 800 orasida turibdi. Uning asarlari har yili millionlab tirajlarda qayta-qayta chop etiladi. Enid Blytonning asarlari qariyb 90 ta tilga tarjima qilingan: xitoy tili, niderland, fransuz, nemis, ivrit, yapon, norveg, portugal, rus, ispan va turk tillari kabilar.
Enid Blyton sarguzasht janridagi asarlar bilan jahon adabiyotini boyitgan yozuvchilar sirasiga kiradi. Uning asarlari to katta boʻlmagunlaricha bolalarning joniga tegmaydi. Katta yoshdagi inglizlar hali ham Blytonni oʻzlarining sevimli yozuvchilari, deb atashadi.
Manbalar
tahrir