Enigma — 1990-yilda Mihael Kretu yaratgan german pop guruhi. Mihael Kretu „Enigma“ guruhining bastakori va prodyuseri, uning rafiqasi Sandra loyihaning 5 ta albomi uchun vokal partiyalarini ijro etgan. Loyiha doirasida 8 ta albom, 24 ta singl va bir nechta toʻplamlar chiqarilgan.

Enigma
Enigma logo 2021.jpg
Kelib chiqishiGermaniya
MamlakatGFR
Faoliyat1990-yil - bugun.
JanrNew-age, enigmatic, etnik, chill-out, downtempo
LeyblVirgin, Polydor, East West
TarkibMichael Cretu
Veb-sahifawww.enigmaspace.com(olm.)

TarixiTahrirlash

Akademik taʼlim olgan Mixael Kretu, 1970-yillarning soʻngidan boshlab musiqa dunyosida tanila boshladi: u yakkaxon albomlar yozar, session musiqachi sifatida Boney M, Arabesque guruhlarining albomlarini yozilish jarayonida ishtirok etar, prodyuser sifatida Michael Oldfield bilan ishlagan edi. Shuningdek sobiq rafiqasi Sandra albomlarining asosiy muallifi va prodyuseri sifatida ishladi.

Eski qoidalarni bir chetda qoldirib Mihael, 1990-yilda Enigma loyihasini yaratadi (grekchadan — „jumboq“, „sir“), va dekabrda birinchi, MCMXC a.D. albomini, (bunga qadar 25 millionga yaqin nusxa sotilgan) va „Sadeness (Part I)“ singlini chiqaradi. Gregorian xorallarining sintezi, Sandraning ajoyib ovozi, sempllarning mohirona ishlatilishi va esda qolarli klip tufayli loyiha tezda eʼtibor markaziga aylandi, singl va albom esa chartlarning yuqori pogʻonalariga chiqib ketishdi. Kretu loyihani mavhum boʻlishini, ijrochilarning kimligini tinglovchilar bilishini istamas edi. Jurnalistlar koʻpgina ijrochilarning ismlarini aytishib tahmin qilishar edi, lekin mualliflar (Mixael Kretu va Frenk Peterson)ning kimligi, gregorian xorallarining sempl sifatida ishlatilishi tufayli sodir boʻlgan sud jarayonidagina maʼlum boʻldi.

1993-yilda Kretu, Sliver filmninig prodyuserlaridan filmga toʻla saundtrek yozish taklifini rad etadi. Buning oʻrniga u, filmda ishlatilgan „Carly’s Song“ va „Carly’s Loneliness“ qoʻshiqlarini yozadi. 1993-yilning dekabrida — „The Cross of Changes“ nomli yangi albom chiqadi. Bu albomda, oldindagisidek gregorian xorallari va nayning ovozi ishlatilmagani uchun, albom, muhlislarinig bir qismidan ajraganiga qaramay, ajoyib natijalarga erishdi. U koʻpgina davlatlarda platina yoki oltin statusini oldi. Omad zaxirasiga „Return to Innocence“ singli katta hissa qoʻshadi.

1996-yilda, „Le Roi Est Mort, Vive Le Roi!“ (fr. „Qirol oʻldi, Yashasin qirol!“) albomi chiqdi. Kretuning gʻoyasiga koʻra uchinchi albom, oldingi ikki albomning davomchisi boʻlishi kerak edi. Albomdan 3 ta singl chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo oxirgisi („The Roundabout“) 1998-yilda, nomaʼlum sabablarga koʻra qoldirildi.

Loyiha qatnashchilariTahrirlash

MusiqaTahrirlash

Mihael Kretu loyiha asoschisi. Musiqa yozadi va prodyuserlik bilan shugʻullanadi. Remikslarning asosiy qismini yaratadi va taklif etilgan vokalchilar uchun aranjirovkalar yozadi.

Frenk Peterson (Frank Peterson) — birinchi albom yozilishida yordam bergan Loyiha musiqasida gregorian xorallarni ishlatishni gʻoyasi muallifi. Enigmadan ketganidan keyin oʻzining mashxur Gregorian loyihasini yaratadi.

Devid Feyrsteyn (David Fairstein) — birinchi ikkita albom yozilishida ishtirok etgan.

Piter Kornelius (Peter Cornelius), avstriyalik honanda va bastakor. Ikkinchi va uchinchi albom uchun bir nechta gitara solosini yaratdi. Yens Gad (Jens Gad), honanda, prodyuser, gitarist, Kretuga tehnik muammolarni yechishda yordam bergan. „The Cross of Changes“ va kelasi albomlarda asosiy gitara partiyalarini ijro etdi, singllardagi aksariyat klub remikslarining muallifi. „A Posteriori“ albomi ustida ishlash jarayonida loyihani tark etdi.

Oʻz intervyularida, Kretu, Yens Gadning prodyuserlik rolini rad etadi.

Vokal partiyalarTahrirlash

Mihael Kretu — asosiy vokal partiyalarni ijro etadi.

Sandra — loyihaning birinchi beshta albomida ovozi uchraydi.

Andreas Xarde (Andreas Harde (aka Andy Hard, Angel, Angel X)) — „Return to Innocence“ni ijro etadi.

Rut-Enn Boyl (Ruth-Ann Boyle) — „Olive“ guruhining yetakchi vokalchisi. „Gravity of Love“ va toʻrtinchi va beshinchi albomlarning bir qator qoʻshiqlarini ijro etadi.

Endryu Donalds (Andru Donalds) — Kretu prodyuserlik qilgan yamaykalik reggi-ijrochi. „Modern Crusaders“ va toʻrtinchidan yettinchi albomgacha bir nechta qoʻshiqlarni ijro etgan.

Luiza Stenli (Louisa Stanley) — „Virgin Records“ uchun promoushn sohasida ishlaydi. Uning ovozi „The Voice of Enigma“ va birinchi uchta albomning qoʻshiqlarida ishlatilgan.

Elizabet Xokton (Elisabeth Houghton) — „Virgin Records“ fotosuratchisi. Stanley rolini toʻrtinchi albomda ijro etadi.

Margarita Royg (Margarita Roig) — Seven Lives Many Faces albomidagi vokal ijrochisi, ispan folklori ijrochisi (Ivisa oroli).

Qoʻshiq matnlariTahrirlash

  • Mihael Kretu — matnlarning asosiy qismini yozadi.
  • David Fairstein — Kretu bilan birinchi uchta albom matnlari ustida ishlagan.
  • Nikolas Marten — „Remember the Future DVD“ uchun diktor ovoz egasi.

TaʼsirTahrirlash

Kretuning birinchi ikkita albomining shuhrati, Enigma uslubiga oʻxshash qilib musiqa yozadigan guruhlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Era, Gregorian (Enigmaning sobiq aʼzosi — Frenk Peterson boshchiligida) va boshqa bir necha mashhur guruhlar oʻz qoʻshiqlarida gregorian xorallarini ishlatishdi.

Muhlislar va tanqidchilar Enigma taʼsirini boshqa mahhur musiqachilarning ishlarida topishdi. Masalan, Delerium va uning „Semantic Spaces“ albomi, Mayk Oldfildning „The Songs of Distant Earth“ va „Tubular Bells III“ albomlari, B-Traybning „Fiesta Fatal!“ albomi, hamda [[Sarah Brightman|Sara Braytmanning}} „Eden“ qoʻshigʻi.

Loyihaning baʼzi tanilgan ashulalari mashhur teleshou va filmlarda ishlatilgan, masalan:

  • „Beyond the Invisible“ va „Modern Crusaders“ „La femme Nikita“ teleserialida;
  • „Return to Innocence“ „The Outer Limits“ serialining epizodida;
  • „Return to Innocence“ „Man of the House“ filmining titrlarida;
  • „Return to Innocence“ va „Sadeness (Part I)“ „Exit to Eden“ filmida;
  • „Return to Innocence“ „My So-Called Life“ teleserialining epizodida;
  • „Return to Innocence“ „Cold Case“ teleserialining epizodida;
  • „Sadeness (Part I)“ „Boxing Helena“ filmida;
  • „Sadeness (Part I)“ „Charlieʼs Angels“ filmida;
  • „Sadeness (Part I)“ „1492: Conquest of Paradise“ filmining treylerida;
  • „Sadeness (Part I)“ „Tropic Thunder“ filmida;
  • „Principles of Lust“ „Single White Female“ filmida;
  • „Carly’s Song“, „Carly’s Loneliness“ va „Principles of Lust“ „Sliver“ filmida.

„Return to Innocence“ qoʻshigʻi ham koʻpchilik reklama roliklarida ishlatilgan, masalan, „Virgin Atlantic“ aviakompaniyasining reklamasida. 2009-yilda „Seven Lives“ Samsung LED TV reklamasida ishlatilgan.

DiskografiyaTahrirlash

AlbomlarTahrirlash

Maʼlumot
MCMXC a.D.
  • Reliz sanasi: 3-dekabr 1990-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 261 209
  • Tashuvchilar: CD, Cass, 12"
  • Singllar: "Sadeness (Part I)", „Mea Culpa (Part II)“, „Principles Of Lust“, „The Rivers Of Belief“
  • Taʼrif: Taʼriflash shart emas. Proyektning birinchi klassik albomi.
  • Dunyoda sotilishi: 24 mln. nusxa
The Cross of Changes
  • Reliz sanasi: 6-dekabr 1993-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 7243 8 39236 2 5, CDVIR 20, PM 527, PM 520
  • Tashuvchilar: CD, Cass, LP
  • Singllar: "Carly’s Song", „Return To Innocence“, „The Eyes Of Truth“, „Age Of Loneliness“, „Out From The Deep“
  • Taʼrif: Gregorian xorallarining oʻrnini baʼzi dunyo xalqlarining kuylari egalladi.
  • Dunyoda sotilishi: 16 mln. nusxa
Le Roi Est Mort, Vive Le Roi!
  • Reliz sanasi: 25-noyabr 1996-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 7243 8 42066 2 8, CDVIR 60
  • Tashuvchilar: CD, Cass, LP
  • Singllar: "Beyond The Invisible", „T.N.T. For The Brain“
  • Taʼrif: Dastlabki ikki albomning davomchisi. Micael Kretu oʻzining vokal ijrosidagi qobiliyatini toʻliq namoyon etadi.
  • Dunyoda sotilishi: 8 mln. nusxa
The Screen Behind the Mirror
  • Reliz sanasi: 17-yanvar 2000-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 8 48606 2, DGVIR 100
  • Tashuvchilar: CD, LP
  • Singllar: "Gravity Of Love", „Push The Limits“
  • Taʼrif: Albom Carl Orffning mashhur „Carmina Burana“ oratoriyasining musiqiy mavzusi asosida yoziladi.
  • Dunyoda sotilishi: 6 mln. nusxa
Voyageur
  • Reliz sanasi: 29-sentabr 2003-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 7243 591312 2 1
  • Tashuvchilar: CD, LP
  • Singllar: "Voyageur", „Following The Sun“, „Boum-Boum“
  • Taʼrif: Boshqa ijodkorlarning sempllari ishlatilmagan birinchi albom.
  • Dunyoda sotilishi: 3 mln. nusxa
A Posteriori
  • Reliz sanasi: 22-sentabr 2006-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 00946 369994 2 5, 373092 2
  • Tashuvchilar: CD, DVD
  • Singllar: "Eppur Si Muove"
  • Taʼrif: Albom „The Alchemist“ (Alkimyogar) nomli koʻchib yuruvchi mini-studiyada yozilgan.
  • Dunyoda sotilishi: 2 mln. nusxa
Seven Lives Many Faces
  • Reliz sanasi: 19-sentabr 2008-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 50999 227124 2 4, CDVIR 226
  • Tashuvchilar: CD, DVD
  • Singllar: "La Puerta Del Cielo/Seven Lives", „The Same Parents“
  • Taʼrif: „Seven Lives Many Faces“ uchun Kretu 60 ta musiqiy asar yozganligi haqida maʼlumot bor, ular ichidan 12 ta trek albomga tanlab olib kiritilgan. „The Same Parents“ qoʻshigʻida Mihael Kretuning oʻgʻillari — Nikita va Sebastyan ham ijro etishgan.
  • Dunyoda sotilishi: 1 mln. nusxa
The Fall of a Rebel Angel
  • Reliz sanasi: 2016-yil
  • Leybl: Island Records
  • Katalogdagi raqami:
  • Tashuvchilar:
  • Singllar: "Sadeness (Part II)", „Amen“
  • Taʼrif:
  • Dunyoda sotilishi:

VideografiyaTahrirlash

DVDTahrirlash

2001: Remember The Future 2003: MCMXC a.D.: The Complete Video Album 2006: A Posteriori DVD Album 2008: Seven Lives Many Faces DVD Album

Rasmiy klip toʻplamlariga kirmagan videokliplarTahrirlash

1993: „Carly’s Song“ 1994: „Out From The Deep“ 2000: „Push The Limits (ATB Mix)“ 2003: „Voyageur“ 2004: „Boum-Boum“ Angliyada chiqarilgan singlda bor. 2005: „Hello and Welcome“ singlda bor.

ButleglarTahrirlash

Izoh: Ushbu albomlar, Enigma loyihasiga aloqador boʻlmagan, boshqa ijrochilar qoʻshiqlarining toʻplami yoki nusxalaridir.

  • Metamorphosis — Enigmaning eng mashxur va keng tarqalgan butlegi, „The Screen Behind The Mirror“ albomi kutilgan paytda chiqarilgan.
  • Erotic Dreams — „Erotic Dreams“ loyihasining „Temple of Love“ albomi, Gollandiyada 1998-yilda chiqqan.
  • Dream On — Enigma kompozitsiyalariga remikslar bilan Endryu Donaldsning „Snowinʼ Under My Skin“ (1999) albomi qoʻshiqlari toʻplami.
  • Sleep — „Conjure One“ („Delerium“ asoschilaridan birining yangi loyihasi) debyut albomi.
  • Enigma & D-Emotion Project — diskdagi qoʻshiqlarning yarmidan koʻpi „Mythos“ loyihasiga tegishli.
  • Eligh — butleg honanda, Eligh qoʻshiqlaridan iborat.

HavolalarTahrirlash