Enzootiya (yun. — da va — hayvon) — hayvonlarda muayyan bir joy, xoʻjalik, aholi punktlari bilan bogʻliq holda paydo boʻladigan kasalliklar. Tabiiy sharoitga bogʻliqholda chin Enzootiya (hayvonlar boqiladigan joy, infeksiya qoʻzgʻatuvchi manba, qoʻzgʻatuvchining spetsifik tashuvchisi boʻlishi, uning hayvon organizmidan tashqarida saqlanishi, tuproqda mikroelementlarning yetishmasligi va boshqalar) va insonning xoʻjalik faoliyati hamda hayvonlarga veterinariya xizmati koʻrsatish, ularni oziqlantirish bilan bogʻliq boʻlgan statistik Enzootiya farqlanadi. Birinchisida yoppasiga kuzatilmaydigan (mas, tabiiy oʻchoqli) kasalliklar, ikkinchisida hamma joyda uchrashi mumkin boʻlgan kolibakterioz, salmonellyoz kabi kasalliklar tavsiflanadi.