Epiblema (yun. — qoplogʻich, qoplash), rizoderma — ildizning bir qavat joylashgan hujayralardan iborat birlamchi soʻruvchi toʻqimasi. Oʻsadigan ildizda dermatogen hisobidan oʻsish konusi yaqinida hosil boʻladi. S. hujayralari (trixoblastlar) ildizning shimuvchi qismi yuzasini kengaytiradigan oʻsimtalar — ildiz tukchalarini hosil qiladi; oʻsimlikni tuproqda ushlab turadi; shuningdek, tuproqdagi moddalarga taʼsir qiladigan bir qancha organik kislotalar ajratadi. Epiblema ildizning moddalarni tuproqdan tanlab soʻrib oladigan dastlabki toʻsiq toʻqimasi hisoblanadi. Epiblema qisqa yashaydi; uning oʻrniga oʻsayotgan ildizda Epiblemaning yangi qismlari paydo boʻladi.