Epidiaskop
Epidiaskop (epi... va diaskop) — ekranda noshaffof obʼyektlar (detallar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) ning tasvirini hosil qilish, obʼyektlarning shaffof tasvirlari (diapozitivlar)ni ekranga proyeksiyalash (tushirish) uchun moʻljallangan proyeksion apparat. Optik sxemasining asosini diaskopik proyeksiyalash va episkopik proyeksiyalash usullari tashkil qiladi. D iaskop ik proyeksiyalashda obʼyektning shaffof tasviri yoʻnaltirilgan oʻtuvchi yorugʻlik oqimi dastasi bilan yoritiladi (qarang Diaskop). Episkopik proyeksiyalashda (rasm)yorugʻlikdan himoyalangan quti (kojux) / da manba 2 dan keladigan nurlar sferik koʻzgular 3 va 5 yordamida shaffofmas obʼyektni yoritadi, diffuzion tarzda tarqalgan (qarang Diffuziya) nurlarning bir qismi koʻzgudan qaytib, proyeksiyalash obyektivi 7 ga tushadi. Obyektiv tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Episkopik proyeksiyalashda diaskopik proyeksiyalashdagiga nisbatan quvvatliroq yorugʻlik manbaidan foydalaniladi. E. fotografiya, kinematografiya va ilmiy tekshirish ishlarida qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |