Epispadiya (epi... va yun. yoriq) — siydik chiqarish kanali (uretra) ning tugʻma nuqsoni. Koʻproq erkaklar, baʼzan ayollarda uchraydi. E.ning bir necha koʻrinishi bor. Bunda siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi olat boshchasida, olat sirtining turli joyida yoki qov ostida (buni total E., toʻliq E. deyiladi) boʻladi. Olat boshchasi E.sidaolatboshchasi yoriq, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi tarnovga oʻxshash ochilib, shilliq qavati koʻrinib yotadi. Bu E.da bemor sachratib siyadi. Toʻliq E.da siydik chiqarish kanali bor boʻyicha yorilgan, olat yaxshi rivojlanmagan va qoringa tortilib turadi; qovuqning ikkala sfinktern boʻlmasligi tufayli (baʼzan qovuq old devori ham boʻlmaydi) bemor siydik tuta olmaydi. Olat sirti E.sida bemor siyganda jinsiy aʼzo atrofidagi teriga doim siydik tegishidan teri yalligʻlanib, suvchirab turadi.

E.da turli plastik operatsiyalar oʻtkaziladi.