Epitsikl
Epitsikl (epi... va yun. — aylana) — Ptolemeyning geotsentrik sistemasidagi yordamchi aylana. E. sayyoralarning teskari harakatini tushuntirish maqsadida kiritilgan. Sayyora E. boʻylab tekis harakatlanadi, E.ning markazi esa Yer atrofida deferent (markazi Yer deb olingan aylana) boʻylab harakatlanadi, deb hisoblangan. Ptolemey sistemasi olam tuzilishini haqiqiy aks ettira olmagani uchun vaqt oʻtishi bilan sayyoralar harakatini E. orqali tushuntirib boʻlmay qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |