Erazm rotterdamlik
Erazm rotterdamlik, Dezi deriy (1469.28.10, Rotterdam – 1536.12.7, Bazel) – Uygʻonish davri gumanistolimi. 1499-yil Parij universitetining teologiya fakultetini tugatgan. Yangi ahdnkt original matnini tiklagan, 1517-yil uni yunoncha originalidan birinchi bosma nashrini va oʻzining lotin tiliga tarjimasini amalga oshirgan. Bu nashrga yozgan sharhida Erazm rotterdamlik cherkovni ilk xristianlik mavqeida turib tanqid qilgan. Asosan rasmiy cherkov mafkurasi tomonida turgan. Garchi oʻz asarlari bilan obyektiv jihatdan Reformatsiyaga. koʻmaklashgan boʻlsa ham, bu harakatga salbiy munosabatda edi. Asosiy asarlari: „Maqollar kitobi“ (1500; qadimiy dunyo mualliflarining aforizmlar va latifalari toʻplami), „Oilaviy suhbatlar“ dialoglar toʻplami (1518) va „Ovsar xonim maqtovi“ (1509).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |