Ergash Muhammad — 1940-yil 12-aprelda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Qorongʻul qishlogʻida tugʻilgan. 1954-yili Hamid Olimjon nomidagi 12-sonli toʻliqsiz oʻrta maktabni, 1958 yili Jizzax shahridagi Narimanov nomli 5-son oʻrta maktabni tamomlagan. 1970-yili Toshkent Davlat universiteti (Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini bitiradi. Mehnat faoliyatini 1959 yili Jizzax shahrida joylashgan Samarqand Fizika-geologiya qidiriv ekspeditsiyasida boshlab, keyin turli joylarda davom ettiradi.[1] Shoirning „Kunchiqar qoʻshiqlari“, „Zaminga sadoqat“, „Uchinchi qutb“, „Uchayotgan qushlar“, „Men tugʻilgan uy“ nomli kitoblari chop etilgan.

Ergash Muhammad
Tavalludi 12-aprel 1940-yil

Manbalar

tahrir
  1. Muhammad, Ergash. „Shoir hayoti va ijodi“ (3-yanvar).