Ergash Nuriddinov
Ergash Nuriddinov (1906-yili tuvallud topgan — 1938-yil 5-oktyabrda) — Namangan shahar partiya komitetiga safiga qabul qilingan. Partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan, Namangan kommunal kolxozda, yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi, Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi, 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari va 3-yogʻ zavodi direktori[1].
Ergash Nuriddinov | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil |
Vafoti |
5-oktyabr 1938-yil Namangan viloyati SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1927—1937-yillar |
Bolalari | 2[1] |
Hayoti va taʼlimi
tahrirErgash Nuriddinov 1906-yili Namanganda shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Oʻzbek, ijtimoiy ahvoli — xizmatchi[1]. 1920-1923-yillari Namangan shahridagi 4 yillik boshlangʻich maktabni bitirgan, Namangan shahar kommunistik bilim yurtida 2 yil oʻqigan. SSSR Manbalarda keltirilishicha ahli ayoli, otasi, onasi hamda 2 yoshlik oʻgʻli borligi, yashash manzili Namangan shahri, Labbatagin daxasi, 3-uy deb koʻrsatilgan[2]. Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Nuriddinov Ergash otuvga hukm etilgan, jazo oʻsha kuni ijro etilgan[3].
Faoliyati
tahrir1927-yildan yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1930-yili Namangan shahar partiya komitetida partiya safiga qabul qilingan[1].
1936-yili 1-dekabridan 1937-yil 28-fevraligacha partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan. 1937-yil 13-fevralda toʻlgʻizgan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasida uning mehnat faoliyati aks ettirilgan[1].
1923-yildan 1925-yilgacha Namangan kommunal kolxozda, 1925-1926-yillari Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, 1926-1933-yillari Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi lavozimda faoliyat yuritgan[1].
1933-yildan 1935-yilgacha 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari, 1935-1937-yilgacha 3-yogʻ zavodi direktori boʻlish ishlagan. 1929-1934 yillardagi partiya tozalovidan hech qanday eʼtirozlarsiz oʻtgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: „SHARQ“ NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8..
- ↑ OʻzR PDA, 58-fond, 65-roʻyxat, 359-ish, 86-89-varaqlar
- ↑ RF RFXXMA, 7-fond, 1-roʻyxat, 10-ish, 539-varaq.