Ergashali Shodiyev
Ergashali Shodiyev — (1932—2005) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari doktori (1973), professor (1973).
Olim 1932-yil 1-oktabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyati Konibodom tumanida tugʻilgan. Xoʻjand davlat universitetini tugatgan.
Faoliyati
tahrirXoʻjand davlat universitetida oʻqituvchi (1956—1967), oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1967—1969), katta ilmiy xodim (1970—1972) va professor (1973) boʻlib ishlagan.
Asarlari
tahrir„Tojikistonda Navoiyni oʻrganish“ (1965), „Alisher Navoiy va uning salaflari“ (1967), „Alisher Navoiy va yosh tojik adabiyoti“ (1969), „Oʻzbek-tojik adabiy aloqalari tarixidan“ (1973), „Alisher Navoiy va fors-tojik tilidagi adabiy merosi“ (1990) kabi kitoblari chop etilgan.
Vafoti
tahrirManbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 220-bet.