Ergasteriyalar
Ergasteriyalar (yunoncha: — ishlayman) — Yunoniston, ellinizm davridagi Sharqda, soʻngra Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari va soʻngra Vizantiyada — hunarmandchilik ustaxonalari. Odatda, E.da qullar mehnatidan foydalanilgan. E. egalari gohida oʻzlari ham ular bilan ishlashgan, yoxud qullar ustidan nazorat qilib turishgan. Baʼzan E. qulnazoratchilarga topshirilgan. Yunonistondagi E. yaxshi tadqiq etilgan. Ularda qullar soni uncha koʻp boʻlmagan: 3—4, 10—12 ta, baʼzan 30 dan oshgan. Faqat miloddan avvalgi 4-asrga kelib 100 ta qul boʻlgan E. qayd etilgan. E. hunarmandchilikning barcha sohalarida mavjud edi. Konlar qoshidagi E.da mehnat ogʻir boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |