Ergastul
Ergastul (lotincha) — qadimiy Rimda qullarga moʻljallangan xususiy gurma. Quldorlar koʻpincha qishloq chorbogʻlaridagi (villalarida) yertoʻlalarda (baʼzan shahardagi uylarida) E.lar tashkil etishgan. Zanjirband etilgan qullar tepasiga nazoratchilar (ular ham qullar) qoʻyilgan. Baʼzan "E." soʻzi bilan qadimiy Rimdagi yermulklarda ishlovchi barcha qullar anglashilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |